"Nottingem Forest" klubi "Union" hujumchisi Tayvo Avoniyga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi The Telegraph.
Manbaga ko‘ra, Angliya premyer-ligasiga qaytgan "o‘rmonchilar" hujum chizig‘ini 24 yoshli nigeriyalik bilan kuchaytirishni kutishmoqda. Qayd etilishicha, klub futbolchi uchun 17,5 million funt sterling taklif qilishga tayyor.
2021/22 yilgi mavsumda Avoniy "Union" uchun 43 o‘yinda 20 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













