Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyotse "Ayntraxt" bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Gyotse "Ayntraxt" bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning "PSV" yarim himoyachisi Mario Gyotse yangi klubi borasida bir qarorga keldi.

Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchi bugun "Ayntraxt" bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Barcha shartlar allaqachon kelishilgan.

Kecha Frankfurtning “Ayntraxt” klubi futbolchini 4 million yevroga sotib olish variantini faollashtirdi.

Gyotse o‘tgan mavsumda 52 o‘yinda 12 gol urgan va 11 golga assistentlik qilgan.

Uning transfer qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.

Yarim himoyachi Germaniya terma jamoasi safida 2014 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 10:52, 21.06.2022.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик