Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson videobloger Jeyk Pol bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga «Temir Mayk» bitta shart qo‘ydi: jang 2022 yilda bo‘lib o‘tishi lozim.

"Bu juda qiziqarli jang bo‘lishi mumkin. Ilgari uning taklifini jiddiy qabul qilmaganman, ammo endi, ha, bu juda qiziq bo‘lishi mumkin.

Barcha narsaning iloji bor, bu haqiqat. Lekin agar jang qilish kerak bo‘lsa, faqat shu yil tashkil qilish kerak. Yil oxiriga qadar hammasini tartibga solishga ulgurishimiz lozim.

Har safar bu yigit jang qilganida uni 70 million odam tomosha qiladi. Hatto jahon chempionlarida ham bunchalik ko‘p muxlis yo‘q.

Shunday ekan, u boksga shov-shuvli hissa qo‘shdi. Pol hammaga ko‘proq pul ishlab topishga yordam bermoqda. Odamlar uni nega yoqtirmasligini tushunmayman", — dedi Mayk Tayson.

Mart oyining oxirida bloger Jeyk Pol podkastlarining birida hazil tariqasida Mayk Taysonni jangga chaqirgandi. «Mayk, agar sen ushbu podkastni ko‘rayotgan bo‘lsang, kel, biroz zavqlanamiz. Yangi maktab eski maktab vakiliga qarshi. Menimcha, muxlislar ham buni ko‘rishni xohlaydi», — deb aytgandi Jeyk.

YouTube bloger Jeyk Pol so‘nggi jangida UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini nokautga uchratgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:30, 21.06.2022.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.