Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Argentina sudi Maradonaning o‘limida 8 kishini ayblamoqda

Argentina sudi Maradonaning o‘limida 8 kishini ayblamoqda

Baho:
+ | -

Afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradonaning 2020 yil noyabr oyida yuragi bexosdan to‘xtab qolib, vafot etgani yuzasidan o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, uning 8 nafar shifokori qotillik bilan bog‘liq tergovga jalb qilinadi, deya xabar beradi Reuters.

22 iyun kuni e’lon qilingan 236 varaqdan iborat hujjatda sudya har bir ayblanuvchining faol yoki nofaol xatti-harakatlari halokatli natijaga olib kelgan va unga hissa qo‘shganini shubha ostiga olmoqda. Qayd etilishicha, Maradonaga g‘amxo‘rlik qilgan 8 kishi, jumladan, shifokorlar, hamshiralar va psixologga nisbatan «umumiy qotillik» bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, ya’ni ular odam o‘limiga olib kelgan harakatni qasddan amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.

Maradonaning o‘limini tekshirish uchun tuzilgan komissiya futbol yulduzining tibbiy jamoasi «noo‘rin, noadekvat va o‘ylamasdan ish tutgan» degan xulosaga keldi. O‘z navbatida ayblanuvchilar Maradonaning o‘limida javobgar ekanligini tan olmayapti. Sudyaning aytishicha, ba’zi advokatlar ishni tugatishni so‘ramoqda.

Argentinada bunday turdagi jinoyatga, odatda, mamlakat jinoyat kodeksiga ko‘ra, 8 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi. Sud jarayoni sanasi hali belgilanmagan.

Argentinalik afsona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan. Clarin tadqiqotlariga ko‘ra, Maradonada surunkali yurak yetishmovchiligi muammosi bo‘lgan. Avvalroq Diego yuraksiz dafn etilgani xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:23, 23.06.2022.
O'qildi: 1947 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик