"Inter" muxlislari o‘tgan yozda "Chelsi"ga o‘tgan hujumchi Romelu Lukakuni kechirmasliklarini ochiq aytishdi.
Xabaringiz bor, yaqin orada belgiyalik Milan klubiga qaytishi mumkin.
"Inter" muxlislari guruhi Curva Nord o‘yinchiga qarshi hech narsa yo‘qligini aytdi, ammo endi u "mehnat bilan" hurmat qozonishi kerak.
“Uni qo‘llab-quvvatlagan va qiroldek muomala qilishgan, endi esa u hamma bilan bir xil”, — dedi Curva Nord bayonotida.