Fransiyaning "PSJ" klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi Italiya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.
“Jahon chempionatini Italiyasiz tomosha qilish - qahvasiz kapuchino ichishga o‘xshaydi.
Yevropa chempionlari bu JCHda ishtirok etmasligidan afsusdaman. Verratti va Donnarummaga esa achinaman” - dedi “PSJ” prezidenti La Gazzetta dello Sport nashriga.