Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ko‘plab futbolchilarni “boshiga yetgan” Mundial: JCHning hamma sardorlari haqida (ikkinchi qism)

Ko‘plab futbolchilarni “boshiga yetgan” Mundial: JCHning hamma sardorlari haqida (ikkinchi qism)

Baho:
+ | -

Bir necha soat oldin biz Qatardagi jahon chempionatida jamoasi sardor sifatida maydonga olib tushadigan futbolchilar haqida ma’lumot bergan edik. Endi esa ushbu blogning ikkinchi qismini taqdim etmoqchimiz. Demak, ushbu futbolchilardan biri 18 dekabr kuni jahon chempionati bosh sovrini boshi uzra ko‘taradi. Ammo, bu omadli futbolchi kim bo‘lishi mumkin? Hozir esa batafsil shu haqda to‘xtalamiz!

Ispaniya terma jamoasi sardori. Serxio Buskets (“Barselona”)

2010 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozongan Buskets 2022 yilda Luis Enrikening yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoasining sardori hisoblanadi. "Qizil furiya" uchun Serxioning tajribasi juda ham kerak. Chunki, hozirda Ispaniya terma jamoasining ishongan futbolchilari 20, 21, 22 yoshlar atrofida. Demak, hozirda ular Busketsning yordamiga muhtoj.

Kosta-Rika terma jamoasi sardori. Brayan Ruiz ("Deportiva Alaxuelense")

Avgust oyida 37 yoshga to‘ladigan Brayan o‘z vatanida faoliyatini yakunlashi kutilmoqda. U o‘z vaqtida "Fulxem", "Sporting" va PSV kabi klublarning yetakchi futbolchisi bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir yoshi sabab vatani klubi sharafini himoya qilmoqda. U Keylor Navas kabi ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lishi mumkin, ammo, Ruiz kichik Kosta-Rikadan ko‘zga ko‘ringan futbolchi hisoblanadi.

Germaniya terma jamoasi sardori. Manuel Noyer (“Bavariya”)

Germaniya terma jamoasi sardori ham ispaniyalik Buskets kabi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Ammo, 2014 yilgi Mundialda Bundestimning sardorlik bog‘ichiga Filipp Lam egalik qilgan. Qatarda esa bu Manuelga nasib etadi. Agar, nemislar joriy yilgi JCHda ham g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Noyer bosh sovrinni birinchi bo‘lib ko‘tarishi mumkin.  

Yaponiya terma jamoasi sardori. Maya Yoshida ("Samdoriya")

“Samuraylar”ning sardori Yevropa klublarida 2010 yildan buyon o‘ynab kelmoqda: Gollandiyaning “Venlo” klubi uning Yevropadagi ilk klubi bo‘lsa, keyin “Sautgempton”ga o‘tgan va hozirda Italiyaning “Sampdoriya” klubi vakili hisoblanadi.

Belgiya terma jamoasi sardori. Eden Azar (“Real Madrid”)

Azar "Real" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, ammo Madridda undan boshqacha o‘yin kutayotgani rost. Chunki, Eden ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, bunda uning xizmati juda kam. U keyingi mavsumda yaxshilanishga va’da beradi. Albatta, Jahon chempionati arafasida u yuqori formada bo‘lishi kerak. Edenda bronza medal bor, ammo belgiyalik oltin medalni qo‘lga kiritmoqchi. Albatta, ularning jamoasi bunga loyiq. Shuningdek, ta’kidlashimiz kerakki, katta ehtimol bilan Azar boshchiligidagi jamoa uchun bu so‘nggi imkoniyat. 

Xorvatiya terma jamoasi sardori. Luka Modrich (“Real Madrid”)

Belgiyaliklar Rossiyada bronza, xorvatlar esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2018 yildagi Mundialda ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlaridan keyin Luka Modrich "Oltin to‘p"ga ega chiqdi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yarim himoyachi uchun oxirgisi bo‘ladi. Ha, Modrich kabi futbolchilarning “shaxmatchilar” safidagi karyerasi yakunlanmoqda. 

Kanada terma jamoasi sardori. Atiba Xatchinson (“Beshiktosh”)

Xatchinson Kanada terma jamoasidagi debyutini 2003 yilda o‘tkazgan va faoliyati yakunida jahon chempionatida ishtirok etadi. Atiba 39 yoshda, ammo uning “chinor barglari” safidagi o‘yinlarini unutib bo‘lmaydi. Bu Mundial ko‘plab tajribali futbolchilar uchun so‘nggisi bo‘lganligi bilan ham yodimizda qolsa kerak.

Marokash terma jamoasi sardori. Romen Saiss (“Vulverxempton”)

Fransiyada tug‘ilgan Romen 2016 yildan beri "Vulverxempton" safida Angliya Premyer ligasida o‘ynab kelmoqda. 

Braziliya terma jamoasi sardori. Tiago Silva (“Chelsi”)

Tajribali futbolchi sentyabr oyida 38 yoshini nishonlaydi, yil oxirida esa to‘rtinchi jahon chempionatida ishtirok etadi. Silvada Braziliyaning oltinchi chempionligida qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyat.

Serbiya terma jamoasi sardori. Dushan Tadich (“Ayaks”)

Yugoslaviya parchalanganidan keyin serblar jahon chempionatida hech qachon guruhdan chiqa olmagan. Ular Qatarda bu noxush an’anani yo‘qqa chiqarmoqchi. Tadich esa ularni maydonga sardor sifatida olib tushadi.

Shveysariya terma jamoasi sardori. Granit Jaka (“Arsenal”)

Granit tajribali futbolchi hisoblanadi. U bir necha yillar oldin “Arsenal” sardori ham bo‘lgan, ammo keyinchalik undan bog‘ich olib qo‘yilgan. Endi esa u milliy jamoasi bilan Qatardagi JCHda sardor rolida ishtirok etadi.

Kamerun terma jamoasi sardori. Vensan Abubakar (“An-Nasr”)

"Portu" va "Beshiktosh" klublarida o‘ynagan kamerunlik forvard o‘tgan yildan beri Saudiya Arabistonida to‘p tepib keladi. Yana bir qiziqarli ma’lumot, Abubakar O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Jaloliddin Masharipovning klubdoshi ham hisoblanadi.

Portugaliya terma jamoasi sardori. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”)

Krishtianu Ronaldu ko‘plab sardorlarga qaraganda terma jamoa safida ko‘proq (117) o‘yin o‘tkazgan. Jahon chempionatida g‘alaba qozonish — KriRo karyerasining mukammal yakuni bo‘ladi. Portugallar ajoyib tarkibga ega. Ehtimol, Qatardagi JCH Ronaldu uchun omadli bo‘lar?!

Gana terma jamoasi sardori. Andre Ayyu (“As-Sadd”)

Mana, Qatar chempionatida o‘ynaydigan uchinchi futbolchi. Qiziq tomoni shundaki, Andre Ayyu Qatar terma jamoasi sardori Hasan Al-Haydosning jamoadoshi hisoblanadi.

Urugvay sardori. Diyego Godin (“Veles Sarsfild”)

"Atletiko"dan ketganingizdan so‘ng Godin katta futboldan ancha chetda qoldi deyishingiz mumkin, ammo u hamon terma jamoasi sardori hisoblanadi. Diyego so‘nggi ikki yil ichida to‘rtta klubni o‘zgartirdi: u "Inter", "Kalyari", "Atletiko Mineyro" sharafini himoya qildi va yaqinda Argentinaning “Veles Sarsfild” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Janubiy terma jamoasi Koreya sardori. Son Xyon Min ("Tottenxem")

"Tottenxem" - sardorlar jamoasi. Keyn, Lyoris va Son 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalarning 32 nafar sardori qatoridan joy olgan. Biroq, noyabrgacha bu futbolchilarning "shporlar" safida qolishi dargumon. Sababi, Keynga ham, Songa ham ko‘plab top klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 10:00, 24.06.2022.
O'qildi: 2207 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.