Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kamila Kabello fanatlardan norozi...

Kamila Kabello fanatlardan norozi...

Baho:
+ | -

Bu mavsum CHL finaloldi shou dasturi ko‘pchilikka uncha yoqmadi.

Har holda, anchadan buyon UYEFAga tashkiliy jihat bo‘yicha bu qadar e’tirozlar tushgan emasdi. Xususan, o‘yin arafasida stadion atrofida yuzaga kelgan holatlar tufayli Fransiya rasmiylari va «Liverpul» rahbariyati o‘rtasida hamon bahs davom etmoqda. Kamiga final uchrashuvi ochilish marosimidagi konsert dasturi yuzasidan ham salbiy fikrlar ko‘p.

Eslatish kerak, tantanali shouda o‘tgan yili Amazon tomonidan ishlangan «Zolushka» filmida bosh rolni ijro etgan Kuba|amerikalik xonanda Kamila Kabello chiqish qildi. U «Stad De Frans»da o‘zining eng ommalashgan qo‘shiqlarini havola qildi: Senorita, La Buena Vida, Havana, Bam Bam va Don~t Get You. Rang-baranglik bor, yorqinlik bor, ijro ham zo‘r (har holda, Rossiya kubogi finalida kuylagan MakSim boshqacha taassurot qoldirgandi). Biroq tashkilotchilikka bog‘liq kamchiliklar fonida Kabelloning xonishi ko‘pchilikka tatimadi. Zero, Kamila sahnada bor iste’dodini ko‘rsatayotgan pallada stadion darvozasida to‘planib qolgan muxlislarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vostitasida tarqatishga to‘g‘ri keldi. 

Eng qizig‘i, final o‘yinidan keyin boshlandi. Kamila kutilmaganda, muxlislarni tartibsizlik va qo‘pollikda aybladi. Aytishicha, ular qo‘shiq taqdimoti payti atayin shov­qin-suron ko‘tarishgan. Kabello xonimning «Tvitter»dagi e’tirozi: «Finaloldi chiqishimni miyamda aylantirib, o‘zimni qo‘yarga joy topolmayapman. Men qo‘shiq aytayotgan pallada muxlislar o‘z klublari madhiyasini kuylashdi, bunga chidash qiyin. Axir katta  jamoam bilan chiroyli muhit yaratish, yaxshi shou ko‘rsatish uchun qattiq ishlagandik».

Kamila bir necha daqiqadan so‘ng o‘z yozuvini olib tashladi, lekin internet hammasini eslab qolishga ulgurgandi. Ha, Kabello muxlislarni ijro vaqtida o‘z klublari madhiyasini kuylaganlikda aybladi. Videolavhalardan kelib chiqsak, asosan «Liverpul» fanatlari shunday qilishgan. Ularning jo‘r ovozlari hattoki, xonanda qo‘shig‘ini deyarli «nol»ga chiqargan ma’lum vaqtda. «Liverpul» tarafkashlari shuning barobarida CHL madhiyasiga nisbatan hushtakbozlik qilishdi - buni tashkilotchilikka doir muammolarga norozilik sifatida baholash mumkin.

Umuman olganda, Kamila Kabelloning chiqishi ayrim mashhurlarga ham ma’qul kelmadi. Deylik, Marko van Bas­ten o‘z e’tirozini oshkora bayon etdi: «Futbol ko‘rgani yig‘ildik, ammo bizga qo‘shiq va raqslar namoyish etishdi. UYEFA va FIFA futbol o‘yini ortidan pul ishlash uchun haddan ortiq ko‘p harakat qilmoqda. Ammo muxlislarga shou emas, futbol kerak». Germaniyalik jurnalist Kris­tian Falk ham niderlandiyalik sobiq hujumchi fikrini qo‘llab-quvvatladi: «UYEFA bizga a-lya Kamila shousi kerak emasligini nega tushunmayapti? Axir final uchun munosib madhiyalar bor edi - You~ll Never Walk Alone va Hala Madrid!»

Kamilaning shov-shuvli e’tirozi umumiy munosabatni yanada yomonlashtirdi. To‘g‘ri, xonandani himoya qilayotganlar ham bor. Deylik, Sports Illustrated nashri xulosasiga ko‘ra, u vaziyat qurboniga aylandi. Biroq haqiqat shuki, UYEFA va FIFAning stadionda bayramona muhit yaratishda Amerika ligalaridagi shouga taqlid qilayotgani yevropalik muxlislarga aslo yoqmayapti. Ular buni finaldan oldin baland ovozda aytishdi ham. Ha, Yevropa CHL finaloldi konsert dasturi yaxshi kutib olinardi odatda, hattoki, «Liverpul» muxlislari tomonidan ham. Misol uchun, 2021 yilgi finalda DJ Marshmello, Khalid va Selena Gomesning chiqishlari ijobiy baholangandi. 2020 yili esa koronavirus tufayli konsert dasturi namoyish etilmadi. Undan oldin Imagine Dragons Madridda munosib olqish oldi, Yevro-2020 finalidan oldin DJ Martin Garriks ham birovni bezovta qilmadi. 2018 yili «Liverpul»ning shu fanatlari Kiyevda Dua Lipaning One Kiss qo‘shig‘ini juda yaxshi qabul qilishgandi. Shakiraning 3ta JCH yopilish marosimlaridagi ishtiroki esa - xit! 

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 24.06.2022.
O'qildi: 3629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.