Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Taekvondo. Jasur Jaysunov – Osiyo chempioni!

Taekvondo. Jasur Jaysunov – Osiyo chempioni!

Baho:
+ | -

Taekvondo bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu gal -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov qit’a chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz finalda jahon chempionatining kumush medal sohibi, 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi eronlik Mirhoshim Hussayniyga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli zarbalar va keskin raqobat ostida kechgan bahsda Jaysunov tajribali raqibini mag‘lub etdi.

Shu tariqa, terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda. Ertaga bahs olib boradigan yurtdoshlarimizga ham bugungidek muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:30, 25.06.2022.
O'qildi: 1751 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик