Marokash milliy terma jamoasi va «Lill» klubi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi yaqin orada «Manchester Siti» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Tomonlar barcha zarur hujjatlarni imzolab bo‘lishgan.
Transfer summasi 95 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, kelishuvda yana 5 million yevro miqdorida bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.
Buaddi «Lill» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda «Lill» safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.













