Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vest Xem" Lingardga shartnoma taklif qildi

"Vest Xem" Lingardga shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Sky Sports xabariga ko‘ra, "Vest Xem" hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingardga shartnoma taklif qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "bolg‘achilar" 29 yoshli angliyalik futbolchini tekinga o‘z safiga olmoqchi.

2021/22 yilgi mavsumda futbolchi “Manchester Yunayted” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi 1 iyul kuni “qizil iblislar” bilan shartnomasi tugagach, rasman erkin agentga aylanadi.

Lingard 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Vest Xem"da ijara asosida o‘ynagan. O‘shanda futbolchi londonliklar safida 16 ta o‘yinda 9 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 04:50, 26.06.2022.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.