Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Manchester Siti" 70 million yevro xohlamoqda

"Manchester Siti" 70 million yevro xohlamoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Raxim Sterling yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel transferni osonlashtirish uchun hujumchiga shaxsan qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar beradi The Telegraph.

Angliya chempionlari o‘z hujumchisini 60-70 million yevroga baholagan. Tomonlar bo‘lajak transfer bo‘yicha ilk muzokaralarni boshlab yuborishgan.

27 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 9ta golga assistentlik qildi.

Oldinroq Tuxel yozda 6 nafar yangi futbolchi olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 06:58, 26.06.2022.
O'qildi: 3023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик