Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Xoland o‘rniga Aller: “Borussiya” uchun ideal transfer

Xoland o‘rniga Aller: “Borussiya” uchun ideal transfer

Baho:
+ | -

Sebastyan Aller 2021/22 yilgi mavsumning kutilmagan qahramoni. 27 yoshida u “Ayaks” safida Chempionlar ligasidagi debyutini o‘tkazdi, ivuarlik forvard turnirda 11 ta gol urdi (faqat Levandovski va Benzemada ko‘proq) va guruh bosqichidagi har bir o‘yinida raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2017/18 yilgi mavsumda turnir tarixida buni faqat Ronaldu amalga oshirgan).

Endilikda u Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchisi va “Ayaks” g‘aznasi 31+4 million yevroga boyiydi. Hujumchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va to‘rt yillik shartnoma imzoladi, kelishuv 1 iyul kuni rasman e’lon qilinadi.

Allerga allaqachon katta miqdordagi summa to‘langan – “Vest Xem” uni “Ayntraxt”dan 50 million yevroga sotib olgan edi. Biroq, kelishuv butunlay muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

Allerning karyerasi mayatnikka o‘xshaydi. Fransiya U21 jamoasida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan (20 o‘yinda 13 gol), “Oser” uchun Liga 2 ning 50 o‘yinida 6 gol, Gollandiyaning “Utrext” klubida ketma-ket uch mavsumda 11+ gol, “Ayntraxt”da porladi, “Vest Xem”da dahshatli muvaffaqiyatsizlikka uchradi va “Ayaks”da yana uyg‘ondi.

Aller Bundesliganing 2010 yillardagi eng hayajonli jamoalaridan birining bir qismi edi: Niko Kovach (keyinchalik Adi Xyutter) boshqaruvidagi “Ayntraxt” klubi hujumkor, tajovuzkor va g‘oyat tomoshabop futbol o‘ynadi. Jamoaning shov-shuvli uslubi o‘z natijasini berdi: jamoa 2017/18 yilgi Germaniya kubogida “Bavariya” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi va 2018/19 yilgi Yevropa ligasi yarim finaliga chiqdi, penaltilar seriyasida musobaqa g‘olibi – “Chelsi”ga yutqazdi.

Ikki mavsum davomida Aller “Ayntraxt”da Bundesligadagi eng yuqori ko‘rsatkichini saqlab qoldi.

Albatta, Sebastyanni APL qiziqtirardi. 2019 yilning yozida “Vest Xem” hujumchi uchun 50 million yevro to‘lagandi.

U Londondagi faoliyatini uchta o‘yinda uchta gol bilan boshladi, ammo 2019/20 yilgi mavsumning qolgan turlarida u atigi 4 gol urib, bir golli pas berdi. Dekabr oyi o‘rtalarida klub Allerning transferini so‘ragan Manuel Pellegrini ishdan bo‘shatdi, Devid Moyes esa bir necha oy davomida hujumchini uyg‘otishga urinib, uni zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi. Umuman olganda, Aller bir yarim yil ichida Premyer-liganing 48 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi.

The Guardian nashriga bergan intervyusida u o‘sha vaqtlarni shunday eslaydi: “Moyes boshqa hujumchilarni afzal ko‘rardi. Men Devidni ayblamayman”.

Aksiga olib, Sebastyanni hayot sinovlari ham chetlab o‘tmadi. Uning ikkinchi farzandi to‘g‘ilganidan so‘ng ovqat hazm qilishda katta muammolarga duch keldi.

“U zo‘rg‘a uxladi, og‘riqdan doimo yig‘lardi. Men shunchaki eshikni yopib, o‘ynash uchun tashqariga chiqadigan odam emasman. Farzandlarni tarbiyalash nafaqat onaning, balki otaning ham vazifasi. Men bolalarim va ular uchun qayg‘urayotgan xotinimning holatidan tashvishlanardim. Men imkon qadar ko‘proq vaqtimni ular uchun sarfladim”, – deydi Aller.

Sebastyan “Ayaks”ga o‘tishga ortiqcha gap-so‘zlarsiz rozi bo‘ldi: yevrokuboklar, tanish chempionat, tanish murabbiy – Erik ten Xag hujumchi bilan “Utrext”da ishlagan:

“Avvaliga odamlar APLni Yerediviziyaga almashtirganimni ko‘rganlarida nima deb o‘ylashi haqida o‘yladim. Lekin men bu fikrlarni bir chetga surib qo‘ydim”.

“Ayaks”da Aller YECHLdagi harakatlari bilan esda qoldi. U 2020/21 yilgi Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ishtirok etmadi, chunki gollandiyaliklar u mavsum yarmida yevrokubokdagi tarkibga kirtilmadi. Ammo 2021/22 yilgi Chempionlar ligasida asosiy qahramonga aylandi. Sebastyan Dortmundga qarshi kechgan guruh bosqichining ikki o‘yinida (4:0 va 3:1) 2 gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Aller – aqlli futbolchi va to‘psiz o‘ynash bo‘yicha master

Sebastyanning o‘zi uslubning xususiyatlarini mohirlik bilan tushuntirdi: “Men tezroq bo‘lishni xohlayman – bu yerda barchasi genetikaga bog‘liq. Tezlik yo‘qligi tufayli har bir qarorni yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak. Men uchun bo‘sh joyni boshqalarga qaraganda aqlliroq skanerlash muhim. Teng sharoitlarda himoyachidan o‘tib ketish imkonsiz, shuning uchun mening vazifam yaxshiroq pozisiyada bo‘lishga ishonch hosil qilishdir.

O‘ylaymanki, Fransiyada mendan 10 ming karra iqtidorliroq yigitlarni topishingiz mumkin. Lekin, futbolda qaror qabul qilish qanchalik muhim ekanini his etish kerak”.

190 sm uzunlikdagi Aller tezkor emas, lekin, u havoda hukmronlik qiladi. U doimiy ravishda gol urishga tayyor bo‘lgan hujumchi bo‘lib, qarshi hujumda ham faol ishtirok etadi. “Ayntraxt”da u hujumlarni boshlash va yakunlash bo‘yicha benazir edi.

Birgalikda o‘ynashda Allerning asosiy kuchi – bu qaror qabul qilish. Unga qarshilik ko‘rsatish juda qiyin. Aller jarima maydonchasidan uzoqlashganda, himoyachining oldida aniq bo‘sh hudud paydo bo‘lar edi.

Agar Aller bosim ostida qolsa, bir teginish bilan to‘pdan qutuladi va uni bog‘lovchi sherigiga tashlab, bo‘sh hududga ochilardi.

Agar himoyachi Allerni yopmasa, forvard o‘zini pleymeyker rolida topadi va golli pasni amalga oshirishga tayyor bo‘lar edi.

“Ayaks”da esa boshqacha. Ten Hag to‘p nazorati uchun moslashtirilgan tizim yaratdi: maydon bo‘ylab mayda uzatmalar. Bu yerda Aller to‘qqizlik hujumchi sifatida ko‘proq jarima maydonchasi ichida paydo bo‘ldi.

U to‘psiz ham juda foydali. Frankfurtning “Ayntraxt”ida u Bundesliganing eng kuchli hujumchilaridan biri edi.

Aniq kamchilik esa bu uning zaif driblingidir. Aller raqibni aldab o‘tishga harakat qiladi lekin ko‘pincha to‘pni boy berib qo‘yadi.

“Borussiya”ga Aller kerak, u hujumlarni boshlab berish va yakunlashda yaxshi harakat qiladi va har qanday uslubda foydali bo‘ladi.

Dortmundliklar aniq rejalashtirilgan transferni amalga oshirdi. Nemis nashrlari Allerga birinchi marta 2021 yilning kuzida “Borussiya” qiziqish bildirgani haqida yozgan. Maqsadli qidiruv aniq – kuchaytirishning asosiy variantlaridan yanp biri “Reyms”dan 20 yoshli Yugo Ekitik bo‘lib, u ham ajoyib tarkibga ega baland bo‘yli hujumchi.

Aller “Borussiya”ga nima beradi? Ikki muhim nuqta.

1. U umumiy transfer kampaniyasiga juda mos tushadi.

Dortmundning eng ko‘zga ko‘ringan uchta transferi – markaziy himoyachilar Niko Shlotterbek va Niklas Zyule hamda hujumchi Karim Adeyemi.

Shlotterbek va Zyulening so‘zlariga ko‘ra, hamma narsa aniq: Shlotterbek qanotga juda ko‘p diagonal uzatmalar beradi, shuning uchun Allerning “Ayntraxt” davridagi o‘yinlari qaytarilishi mumkin. Zyule esa havodagi kurashda ustun va uzun paslarni muvaffaqqiyatli beradi.

Aller-Adeyemi juftligi yanada qiziqarli. Portlovchi Karim kuchli Sebastyanga yordam beradi. Eng samarali variant tezkor Adeyemining faol harakati va uzatmalarini yakunlash uchun himoyachilar bilan bir chiziqda Aller janoblari paydo bo‘ladi.

Agar Roys u bilan juftlik hosil qilsa, Allerning “Ayntraxt”da Rebich va Yovich bilan birga o‘ynagan davrdagi harakatlarini ko‘rishimiz mumkin. Aller va Yovich kengroq hududlarga yuguradi, Rebich esa jarima maydoni ichida paydo bo‘ladi. Adeyemi ham qanotlarda harakat qilishni yoqtirishini hisobga olsak, Dortmundda ham shunday bo‘lishi mumkin.

2. Aller qarshi hujum va to‘p nazorati uchun mos keladi.

“Avtobus” himoyaga qarshi “Borussiya” uzoq vaqt davomida to‘pni o‘zida ushlab turishi va ba’zida qarshi hujumda o‘ynashi mumkin. Bu holatda hujumchi bosh bilan zarba berishga tayyor bo‘ladi. Kuchli, bosimni yaxshi ko‘radigan jamoalarga qarshi dortmundliklar hujumlarni zarbalarga aylantira oladilar – unda hujumchi sheriklariga yordam berishga tayyor.

Allerni Donell Malen bilan taqqoslash mumkin U ham Erediviziyadan kelgan va Dortmundda debyut mavsumini qiyin o‘tkazgan. Birinchidan, Allerning Bundesligada yaxshi tajribasi borligini hisobga olish kerak. Ikkinchidan, Malenning moslashuvi Marko Rozening taktik ishlanmalari tufayli murakkablashdi. Roze ko‘pincha qanot hujumchilarisiz o‘ynashni taklif qilardi. Uchinchidan, Dortmundliklar Malenni ortiqcha baholagan, deb taxmin qilish mumkin. U ko‘pincha ahmoqona qarorlar qabul qiladi. Masalan, jamoadoshi to‘g‘ri pozisiyaga yetib borgunicha to‘pni yetkazib bermaydi.

Yana bir tashvish – Allerning yoshi. 28 yoshli yigit uchun 30 milliondan ziyod pul to‘lash haqida bahslashib ko‘rish mumkin? Buni “Borussiya” katta forvardga juda muhtoj bo‘lgani, bozorda esa tanlov kamligi bilan izohlasa bo‘ladi.

Umuman olganda, ushbu transferini “Borussiya” afsonasi va uning yangi sport direktori Sebastyan Keldan yana bir aqlli kelishuv, desa bo‘ladi. Aller esa Erling Xoland o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 13:00, 26.06.2022.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.