Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Maxaradze, Sardor Rahmonov va Kenja To‘rayev 2tadan o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Maxaradze, Sardor Rahmonov va Kenja To‘rayev 2tadan o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

«LOKOMOTIV» — «SO‘G‘DIYONA»
Coca-Cola Superligasining 12-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv»— «So‘g‘diyona» uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Kaxi Maxaradze tajovuzkor xatti-harakat ko‘rsatib, to‘psiz vaziyatda raqibning son qismi orqa tomoniga tizzasi bilan zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kaxi Maxaradzega nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«OLIMPIK» — AGMK
Tartib-intizom qo‘mitasi Superliganing 12-turidan o‘rin olgan «Olimpik»— AGMK uchrashuvidagi vaziyatni ham ko‘rib chiqdi. Xususan, mazkur uchrashuvda mehmonlar vakili Sardor Rahmonov tomonidan «Olimpik» futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat sodir etilgan. Natijada vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari aralashgan va Sardor Rahmonov xatti-harakati ommaviy janjal kelib chiqishiga sabab bo‘lgani uchun unga nisbatan tegishli chora ko‘rish so‘ralgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sardor Raxmonovga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“BUNYODKOR FARM” — “ANDIJON II”
Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi «Bunyodkor farm»— “Andijon II” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Muhammadali Tursunov raqib o‘yinchisiga nisbatan oyog‘ining tag qismi bilan bosh qismiga jiddiy jarohat yetkazishga uringan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammadali Tursunov 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

«SHAHRIXONCHI» — “ANDIJON II ”
Birinchi liga musobaqasining 11-turi doirasidagi «Shahrixonchi»— “Andijon II” uchrashuvining 74-daqiqasida mezbonlar murabbiyi Tursunboy Husanov raqib jamoaning futbolchisi yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritayotgan paytda provokasion harakati bilan xalaqit berishga harakat qilgan. Shundan keyin bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan. Bu vaziyatdan so‘ng murabbiy raqib jamoaning futbolchisini qo‘li bilan bo‘yin qismiga turtib yuborganligi uchun qizil kartochka jazolangan. Maydonni tark etish o‘rniga yordamchi hakam va bosh hakam tomonga e’tiroz bildirib, tomoshabinlarning maydonga turli buyumlar uloqtirilishiga sabab bo‘lgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Tursunboy Husanovga nisbatan 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“NASAF FARM” — “DO‘STLIK TOSHKENT”
Birinchi liga musobaqasining 13-turi doirasidagi «Nasaf farm»— “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng mehmonlar futbolchisi Alisher Nazipov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, «Nasaf farm» jamoasi murabbiyi Kenja To‘rayev raqib futbolchilari g‘alabani nishonlagan paytda maydon ichiga kirib ular tomon haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Alisher Nazipovga (“Do‘stlik Toshkent”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi, Kenja To‘rayevga («Nasaf farm») nisbatan esa 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“PAXTAKOR U-19” — “BUXORO U-19”
U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Paxtakor U-19”— “Buxoro U-19” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Chingizxon Toirov raqib o‘yinchisiga nisbatan oyog‘ining tag qismi bilan sakragani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Chingizxon Toirovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish chorasi qo‘llanildi.

BUNYODKOR U-19” — “YANGIYER QURUVCHI U-19”
U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19”— “Yangiyer quruvchi U-19” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Muhammadali Fayzullayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka jazolangan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammadali Fayzullayevga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“SO‘G‘DIYONA W" — “NEFTCHI W"
Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “So‘g‘diyona W"— “Neftchi W" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Baxtishoda To‘xtayeva to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini tepib yuborganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Baxtishoda To‘xtayevaga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:50, 26.06.2022.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.