"Inter"ning sobiq hujumchisi Diyego Milito Romelu Lukakuning jamoaga qaytishi haqida gapirdi.
«Neradzurrilar» «Chelsi» futbolchisini ijaraga olayotgani va belgiyalikning maoshi sezilarli darajada kamayishini xabar qildi.
«Lukaku golga tashna, yaxshi ma’noda g‘azablangan va u doimo top futbolchi bo‘lganini isbotlamoqchi.
U hali ham "Inter"ga ko‘p narsa bera oladi, bunga shubham yo‘q. Jamoada o‘zingizni yaxshi his qilsangiz, unga qaytish uchun hamma narsani qilasiz. U yuragiga quloq solib, tanlov qildi va bu klubni yaxshi ko‘rishini o‘z harakatlari bilan ko‘rsatdi”, - deydi argentinalik sobiq futbolchi.













