Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mane "Bavariya"da qaysi raqamda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi

Mane "Bavariya"da qaysi raqamda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning yangi a’zosi Sadio Mane myunxenliklar safida 17-raqamda o‘ynaydi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Avvalroq, hujumchi Germaniya chempioni bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi.

“Men “Bavariya” libosida 17-raqamni kiyishga qaror qildim. Jamoam va bu raqam bilan katta muvaffaqiyatlarni nishonlamoqchiman. Endi men yangi jamoadoshlarim bilan mavsumga tayyorlanishni intiqlik bilan kutyapman", - deya Manening so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Avvalroq Jerom Boateng, Mark van Bommel, Kristian Sige va Torsten Fink “Bavariya”da ushbu raqamda harakat qilishgan.

Kiritildi: 00:14, 27.06.2022.
O'qildi: 6076 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.