Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Ronaldino Malayziya klubi safida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi

Ronaldino Malayziya klubi safida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

“Barselona” va Braziliya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Ronaldinyo Indoneziyaning “RANS Nusantara” klubi tarkibida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi, deb xabar bermoqda Suara.com sayti.

Indoneziyada "RANS Nusantara" klubi "Arema" va "Persik" klublari o‘rtasida o‘rtoqlik turniri o‘tkazildi va ular 30 daqiqa davomida o‘zaro ko‘rgazmali o‘yinlar o‘tkazdilar.

Ronaldinyo maydonga faqat "Persik" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi, ammo yorqin va sermahsul harakatlari bilan ko‘zga tashlana olmadi. Indoneziya OAVlarining yozishicha, o‘yin 42 yoshli braziliyalik uchun juda shiddatli kechgan, chunki "Persik" futbolchilari unga juda jiddiy qarashgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo 2015 yilda "Fluminense"ni tark etib, professional faoliyatini yakunlagan edi. 2002 yilda Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 12:27, 27.06.2022.
O'qildi: 2181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик