Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

Superliga. «Dinamo» - «Qo‘qon-1912»: o‘zaro 21-o‘yin arafasida

Superliga. «Dinamo» - «Qo‘qon-1912»: o‘zaro 21-o‘yin arafasida

Baho:
+ | -

Superliga 13-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Dinamo” uchrashuvi 28 iyul kuni Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 20 marta to‘qnash kelishgan. Bu safargi to‘qnashuv O‘zbekiston chempiontalari tarixidagi 21-to‘qnashuv bo‘ladi. O‘yinlarning 9 tasida vodiyliklar zafar quchishgan, 5 ta bahsda samarqandliklar qo‘li baland kelgan. Oltita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 24-22, “Qo‘qon-1912” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 33 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Dinamo”ning ochkosi 21 tani tashkil etadi.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

10.08.2019. Dinamo - Qo‘qon-1912 – 0:1
15.06.2019. Qo‘qon-1912 - Dinamo - 2:2
07.09.2017. Dinamo - Qo‘qon-1912- 0:0
07.04.2017. Qo‘qon-1912 - Dinamo - 2:1
02.08.2015. Qo‘qon-1912 - Dinamo - 3:1
14.03.2015. Dinamo - Qo‘qon-1912 - 0:1
03.09.2003. Qo‘qon-1912 - Samarqand - 1:0
28.05.2003. Samarqand - Qo‘qon-1912 - 2:1
19.10.2002. Samarqand - Qo‘qon-1912 - 2:1
27.04.2002. Qo‘qon-1912 - Samarqand - 1:1
19.11.2000. Samarqand - Dinamo - Temiryo‘lchi - 2:3
18.03.2000. Temiryo‘lchi - Samarqand - 0:0
01.08.1999. Samarqand - Temiryo‘lchi - 6:0
20.06.1999. Temiryulchi - Samarqand - 0:0
09.09.1995. Dinamo - Temiryo‘lchi - 2:1
27.05.1995. Temiryo‘lchi - Dinamo - 2:0
09.10.1993. Dinamo - Temiryulchi - 1:1
16.04.1993. Temiryo‘lchi - Dinamo - 1:0
06.09.1992. Temiryo‘lchi - Maroqand - 2:0
20.05.1992. Maroqand - Temiryo‘lchi - 2:1

Hakamlar
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, superliganing 13-turida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” - “Dinamo” uchrashuvini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘ldi.

Vadim Agishev superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” bahsini ham boshqarib borgan edi. O‘sha o‘yinda qo‘qonliklar safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgan.

Coca Cola superliga 13-tur. 28-iyun Yaypan shahri. Soat 20:00
“Qo‘qon-1912” - “Dinamo”
Bosh hakam: Vadim Agishev
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: G‘ayrat Jo‘rayev
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev
Komissar: Oybek Yunusov

FAKT: Ikkala jamoaning o‘zaro eng so‘nggi uchrashuvini ham Vadim Agishev boshqarib borgan. 10.08.2019. "Dinamo" - "Qo‘qon-1912" – 0:1

Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" – “Dinamo” uchrashuvi, 28 iyul seshanba kuni Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida soat 20:00 da start oladi. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 13-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin 29 iyul kuni Qo‘qondagi 2-BO‘SM stadionida soat 17:30da boshlanadi.

Fakt: Ushbu jamoalar ishtirokidagi so‘nggi oltita uchrashuvning to‘rttasida "Qo‘qon-1912" g‘alaba qozongan. Ikkita o‘yin durang bilan yakunlangan.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 17:37, 27.06.2022.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.