Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

FIFAning sobiq prezidenti: «Janni Infantino nafaqat meni, balki qilgan ishlarimni ham yo‘qqa chiqarmoqchi»

FIFAning sobiq prezidenti: «Janni Infantino nafaqat meni, balki qilgan ishlarimni ham yo‘qqa chiqarmoqchi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino haqida gapirdi.

"Men o‘zimni oqlamoqchiman. Kelganimda FIFA nomdor emasdi. Ketayotganimda esa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va hatto siyosiy jihatdan kuchli xalqaro tashkilot edik.

Nega Infantino menga qarshi ekanini bilmayman. U hatto menga qarshi ish to‘qib chiqarmoqchi bo‘ladi. U nafaqat meni, balki qilgan ishlarimni ham yo‘qqa chiqarmoqchi, o‘zi bu narsalarni yaxshiroq qila olaman deb o‘ylaydi.

Meni o‘g‘rilikda ayblashmoqda. Bu yolg‘on. Nega sudga kelib qolganimni bilmayman. Buni minglab, balki millionlab futbolchilar ham tushunmasligiga ishonchim komil.

Qasoskor odam emasman, lekin meni oqlashlarini xohlayman. Bu mening va men yaratgan futbolning sha’ni masalasi. Futbol bugungi ko‘rinishga kelgunga qadar bir o‘zim emas, yuzlab odamlar bilan birgalikda mehnat qildik. Futbolning ikki milliarddan ortiq muxlisi bor. Boshqa hech bir sport turidan bunchalik katta hajmdagi muxlislar qamrovi yo‘q", — dedi Yozef Blatter.

Blatter 2015 yilda korrupsiyada ayblanib FIFA prezidentligidan olingan va sakkiz yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi. 2016 yilda FIFA apellyasiya qo‘mitasi ushbu muddatni olti yilga qisqartirgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:35, 27.06.2022.
O'qildi: 2293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.