"Napoli" hujumchisi Matteo Politano ushbu transfer oynasida jamoani tark etmoqchi, deb xabar beradi La Gazette Dello Sport.
28 yoshli italiyalik klub rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi va u yerda yana o‘zining boshqa jamoaga transferini talab qildi.
Oldinroq Ispaniyaning "Valensiya" klubi hujumchini sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22-yilgi mavsumda Politano “Napoli” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.