Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Nyukasl» klubi Saudiya Arabistoni terma jamoasi libosiga o‘xshash ekipirovkani namoyish qildi (foto)

«Nyukasl» klubi Saudiya Arabistoni terma jamoasi libosiga o‘xshash ekipirovkani namoyish qildi (foto)

Baho:
+ | -1

Angliyaning «Nyukasl» jamoasi 2022/23 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi.

2021 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoni konsorsiumi tomonidan sotib olingan ingliz klubining yangi mavsum uchun uchinchi libosi Saudiya Arabistoni bayrog‘i ranglarida bo‘ladi. Liboslarning asosiy ranglari — oq va yashil.

«Hakkalar»ning yangi libosi Saudiya Arabistoni terma jamoasining libosini eslatib yuboradi. Mazkur dizayn haqida may oyida xabar chiqqan va u ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab noroziliklarning yangrashiga sabab bo‘lgandi.


Saudiya Arabistoni terma jamoasining libosi

Bundan tashqari Amnesty International inson huquqlari tashkiloti libosning ushbu shaklini tanlash Saudiya Arabistonining sport orqali o‘z imijini yaxshilashga urinishidan dalolat beradi, deya bayonot berdi.

«Tanqidlardan xabardorman. Ushbu masalani nazorat qila olaman, deb o‘ylamayman. Saudiya Arabistoniga safar chog‘ida u yerda ‘Nyukasl’ga qiziqish katta ekanini angladik.

Bu mening taxminim, lekin bizning liboslarimizni ishlab chiqaruvchilar buni payqagandir. Shuning uchun bu sodir bo‘ldi», — deydi «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining ayni vaqtdagi hukumati va rahbarlari turli xalqaro tashkilotlar tomonidan inson huquqlarini buzishda ayblanib keladi.

2021 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoni hukumati davlat investisiya fondi (PIF – Public Investment Fund) Angliyaning «Nyukasl Yunayted» klubini sotib oldi. Bu futbolga egalik qiladigan kompaniyalar ichida eng boyi hisoblanib, shaxsan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga aloqador.

«Nyukasl» 2021/22 yilgi mavsum APLni 49 ochko jamg‘arib, 11-o‘rinda yakunladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:03, 29.06.2022.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик