Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Navbahor» muxlislari Olmaliqqa olib boriladi

«Navbahor» muxlislari Olmaliqqa olib boriladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov va “Navbahor” PFK rahbariyati tomonidan jamoamiz muxlislari uchun ko‘plab qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Zero, futbol ishqibozlar uchun o‘ynaladi.

"Lochinlar" Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan bahsda AGMK mehmoni bo‘ladi. Viloyat rahbari tashabbusi bilan “Navbahor” PFK rahbariyati yana bir xayrli ishga qo‘l urdi, ya’ni, jamoaning mazkur uchrashuviga muxlislar Olmaliq shahriga borib–kelishlari uchun klub rahbariyati tomonidan bepul avtomashinalar ajratildi.

“Lochinlar”ni Olmaliq shahrida qo‘llab-quvvatlashga boradigan muxlislarning  1 iyul kuni soat 14:00 da “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioni oldiga yig‘ilishlari so‘raladi. So‘ngra ular o‘zlari uchun ajratilgan maxsus avtoulovlarda Olmaliq shahriga jo‘nab ketishadi.

Eslatib o‘tamiz, AGMK – “Navbahor” bahsi 1 iyul kuni soat 20:00da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:43, 30.06.2022.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик