Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-0 Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Ueyn Runi uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz!

Ueyn Runi uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz!

Baho:
+ | -

Sobiq Angliya terma jamoasi sardori bo‘lmish Ueyn Runi ortiq o‘zi boshqargan jamoada qolmaydigan bo‘ldi. U «Derbi Kaunti»dan o‘z xohishiga ko‘ra ketdi. Chunki uning jamoasi Chempionshipdan ham pastki divizion bo‘lmish, Birinchi Ligaga yo‘l olgandi. Quyida «MYU» afsonasi uchun yangi manzil izlab ko‘ramiz.

«Everton»

Runi yakuniga yetgan mavsumning yarimida, yanvar oyida «Everton»ga intervyu olish uchun taklif etiladi. O‘shanda, endigina Rafael Benites ishdan olingandi. Ammo Runi ushbu taklifni rad etib, «Derbi»dagi ishiga qattiq e’tibor bera boshlaydi.
Ayni damda «Everton»ni boshqarayotgan Frenk Lempard o‘tgan mavsumdagi xatolari sabab yangi, 2022-23 yilda iste’fo berishga eng yaqin nomzod sifatida qaralmoqda. Agarda shunday bo‘lsa, uning o‘rnini Runi egallashi mumkin.

«MYU»

«Manchester Yunayted»ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purar futbolchisi bir kun kelib sobiq jamoasini boshqarishni inkor etmaydi. Ha, bu voqea balki yaqin besh yil ichida kuzatilmasligi mumkindir. Ammo sobiq hujumchida yangi jamoada o‘zini ko‘rsatish orqali «MYU» uchun ehtimoliy variantga aylanish imkoni mavjud. Ayni damda futbolchining o‘g‘li Kai Runi, «MYU» akademiyasida. U 12 yoshgacha bo‘lgan jamoa safida «Liverpul»ga qarshi naq 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Balki bir kun kelib Runi Runiga murabbiylik qilishi mumkindir. Yana kim biladi deysiz...

«Nyukasl»

«Qarg‘alar» muxlislari hamda rahbariyatida allaqachon Eddi Xauga nisbatan kuchli ishonch paydo bo‘lib ulgurgan. Harxolda, aynan uning sa’y-harakatlari bilan «Nyukasl» o‘tgan mavsumda 19 o‘rindan 11 o‘ringa ko‘tarila olgandi. Agarda Eddi Xau jamoasi to‘plagan ochkoni olsak, «Nyukasl» mavsumni 6 o‘rinda tugatishi kerak edi (27 ta o‘yinda 44 ochko). Ammo masalani boshqa tomoni ham bor. Agarda Eddi Xau jamoasi salgina og‘ishsa, rahbariyat uni osonlik bilan almashtiradi. Uning o‘rni esa Ueyn Runi tomonidan to‘ldirilishi mumkin.

«Lids Yunayted»

Bu jamoa 2021-22 mavsumda arang APLda qolishni epladi. Aniqki, «Lids»ni oldinda yana bir murakkab mavsum kutmoqda. Bunga sabab esa jamoadan muhim futbolchilar ketib qolayotganidir. Jessi Marsh «Lids»da o‘zgarish qilishga urinmoqda. Ammo jamoa muxlislari amerikalik mutaxassis ishlaridan qoniqmayapti. Agarda yangi mavsumning dastlabki 10 ta o‘yini muvaffaqiyatsiz chiqsa, u holda, balki Jessi Marsh ishdan ketadi. Ueyn Runi esa «Lids»ga kelish imkoniga ega bo‘ladi.

Istalgan MLS jamoasi

Runi MLSda ham harakat qilgan va «DC United» safida maydonlarni yondirgandi. U Vashington shahrida mashhur va sevimli futbolchiga aylanadi. Shu sababli uning keyingi manzili AQSH poytaxti bo‘lishi ham mumkin. Harxolda, Amerikada boshqa APL yulduzlari, Tyerri Anri hamda Patrik Viyeyralar ham murabbiylik qilib qaytgan. Shuningdek, Ueyn Runini «Inter Mayami» safiga ketishini ham inkor etib bo‘lmaydi. Negaki, u yerda Runining qadrdon do‘sti bo‘lmish Devid Bekxem bor.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 09:57, 30.06.2022.
O'qildi: 3165 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.