Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Nikolay Valuyev o‘zbek boksidagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi

Nikolay Valuyev o‘zbek boksidagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Bir necha kun avval O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Kuba boks maktabi asoschisi bo‘lgan Boks federasiyasining yangi maslahatchisini jamoatchilikka taqdim etgan edi.

O‘tgan haftada Karlos Vilyanueva boshchiligida ishchi guruh respublika hududlariga tanishuv safari bilan borgan edi.

Kubalik mutaxassis boks bo‘yicha sport maktablari va sport-ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor beradi. Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida trenerlar ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilingan holda rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Saken Polatov yangi maslahatchi faoliyati haqida fikr bildirar ekan, shunday dedi: «Nazarimda, Karlos juda mutanosib strategiyaga ega. Joylarda uzluksiz va ba’zan muntazam ishlamasdan turib, boksning barqaror rivojlanishiga erishishning iloji yo‘q. Ha, O‘zbekiston boksning eng kuchli davlatlari qatorida munosib o‘rin egallaydi, ammo bu eng yirik natija deb kim aytadi? Ishonchim komilki, yangi mutaxassisimiz natijalarni sezilarli darajada oshirishga yordam beradi».



Har uchala viloyatda Boks federasiyasi delegasiyasi yosh sportchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va Karlos Vilyanuyeva murabbiylar shtabiga tavsiyalar berib, ishni tashkil etish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etib, bo‘lajak chempionlarni tayyorlashning yangi usullarini bilan bo‘lishdi.

Rossiyalik sportchi va siyosatchi Nikolay Valuyev ichki boksni isloh qilish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «O‘zbekistonlik hamkasblarimni tabriklayman. Ofarin, to‘g‘ri ish qilindi, Kuba maktabi sovet maktabidan chiqqan. O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning bokschilari xalqaro musobaqalarda yuqori saviyada natijalar ko‘rsatishmoqda. Ayni damda, har qanday sport turi tizimga muhtoj, do‘stlarimiz ham shunday yo‘ldan borayotgani quvonarli. Jismoniy madaniyat asoslarini tom ma’noda bolalar bog‘chasidan joriy etish lozim, lekin ko‘proq darajada, albatta, o‘rta ixtisoslik bosqichidan boshlab, Rossiyada bu tizim qisman tark etilgan, ammo uning ba’zi elementlari hozirda tiklanmoqda.

Bu borada mamlakat rahbariyatining o‘rni katta, deb o‘ylayman. Bu sport tizimini, jumladan, maktab ta’limi darajasida rivojlanishini rag‘batlantirishning yagona yo‘li. Faqat bu holatda, natija uchun qayg‘uradigan ishtiyoqli odamlar ma’lum bir sport turining boshida turishi sharti bilan tizim izchil va samarali bo‘ladi. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda hammasi bir vaqtga to‘g‘ri keldi».

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda bokschilarni tayyorlashning Milliy standarti ishlab chiqilib, uni O‘smirlar sport maktabi, boks maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy etish rejalashtirilgan. Bu yangi yulduzlar nomlarini kashf qilish yo‘lidagi samarali tanlov uchun qo‘shimcha turtki beradi.

Kiritildi: 20:05, 30.06.2022.
O'qildi: 4670 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.