Xorxe Sampaoli endi Fransiyaning “Marsel” klubi bosh murabbiyi emas. Jurnalist Muhammad Buxafsining xabar berishicha, argentinalik mutaxassis "Marsel" klubi bosh murabbiyligidan ketgan. Keyinchalik bu ma’lumotni Fabrisio Romano ham tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 62 yoshli Sampaoli o‘tgan yozda "Marsel"ni boshqargan edi. Argentinalik murabbiy o‘zining birinchi mavsumidayoq klubga Fransiya chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunlashiga va Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga yordam berdi.
Sampaolining "Marsel"dan ketishining sabablari hozircha noma’lum. "Marsel" klubi rahbariyati yangi murabbiy izlay boshlashdi.