Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Samvel Babayan: “Muxlislarimiz o‘yinimizdan qoniqishlari uchun barcha ishni qilamiz”

Samvel Babayan: “Muxlislarimiz o‘yinimizdan qoniqishlari uchun barcha ishni qilamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan AGMK — “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar ustozi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savolariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Avvalo “Navbahor” muxlislarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, bugun ajoyib o‘yin namoyish etgan yigitlarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shogirdlarim haqiqiy professional ekanliklarini isbotlashdi. Bugun maydonda haqiqiy jang kechdi. Sababi, yutuq ikki jamoa uchun juda muhim edi. Menimcha, mazkur bahs shu kungacha bo‘lib o‘tgan chempionatning eng qiziqarli uchrashuvi bo‘ldi. Bizga munosib raqiblik qilgan mezbonlarni ham alohida e’tirof etish zarur. Ular bizga muammo yaratishdi. Ammo bugun o‘yin tashkil qilishda biz bor e’tiborimizni bir joyga jamlagandik. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Umuman olganda jamoamiz juda yaxshi o‘ynadi. Turnir jadvalida muxlislarimizni xursand qiladigan o‘rindamiz. Muxlislarimiz o‘yinimizdan qoniqishlari uchun barcha ishni qilamiz.

- Boyan Sigerni chap qanot himoyasida o‘ynatdingiz. U biroz sekin harakatlandi. Uning o‘yini haqida gapirsangiz...

- Umuman olganda, Siger ko‘p qirrali himoyachi emas. U chempionat boshida yomon o‘ynamadi. Bu majburiy qaror edi. Siger maydonga tushishidan oldin faqatgina bir marta mashg‘ulotlarda qatnashdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bor edi. Umuman olganda, professional futbolchi qaysi pozisiyada o‘ynamasin, u murabbiy talablarini bajarishi kerak. Siger bugun buni uddaladi. Uni almashtirganimizga kelsak, Sigerda sariq kartochka bor edi. Unda ikkinchi sariq kartochkani olish xavfi bo‘lgani uchun Boyanni almashtirdik.

- Jamoa yaqinda Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi. Davralar oralig‘ida tarkibda yana yangi futbolchilar paydo bo‘ladimi?

- Diyor Turopov masalasiga keladigan bo‘lsak, Shahboz Beg‘amov ismli inson bu yangilikni butun mamlakatga e’lon qilib yubordi. Turopov bilan rasman shartnoma imzolasak, buni e’lon qilamiz. Umuman olganda, jamoadagi seleksion ishlar davom etmoqda.

- Zoran Marushich borasida Moskvaning “Torpedo” jamoasi bilan muzokaralar bo‘layotgani borasida klub saytida e’lon qilingandi. Shu masalaga to‘xtalib o‘tsangiz...

- To‘g‘ri, “Torpedo” klubi Marushichga qiziqmoqda. Jamoa sport direktori Marushichni anchadan beri kuzatmoqda. U Gruziyada ajoyib mavsum o‘tkazdi. Biroq, Marushichning shartnomasi bor va hozirda u “Navbahor” a’zosi hisoblanadi. 

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:08, 02.07.2022.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.