Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Oskar Mingesa faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Unga joriy mavsum ilk bor chempionatda ishtirok etadigan "Monsa" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Barselona" futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. Barchasi Mingesaga bog‘liq.
23 yoshli ispaniyalik futbolchi Transfermarkt portalida 6 million yevroga baholangan. Oskarning amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.