Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yulduzlarni o‘ziga jalb qilayotgan "Monsa" o‘zi qanday klub?

Yulduzlarni o‘ziga jalb qilayotgan "Monsa" o‘zi qanday klub?

Baho:
+ | -

 So‘nggi kunlarda, 1979 yilda suratga olingan “Rikkardo Finsining detektiv agentligi” filmidan olingan qisqa lavha Italiya ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqaldi. Epizodlarning birida film qahramoni Renato Pozzetto : “ Men Monsadanman, biz A seriyaga hech qachon yo‘llanma ololmaymiz” deydi. Bu mahalliy aholining istehzoli iborasiga aylandi. “Monsa” muxlislari hatto qo‘shiqlarning birida uni shunday jumlalar bilan takrorlashadi: “Biz A seriyaga chiqa olmasakda, taslim bo‘lmaymiz va bu “Monsa”ga xosdir. Siz ham  ona shahringiz jamoasiga muxlislik qiling”. Joriy yil may oyida “Rikkardo Finsining tamg‘asi” olib tashlandi. “Monsa”lik ishqibozlar qo‘shiqni qayta yaratishlari zarur. Milan chekkasidagi 110 yillik tarixga ega jamoa ilk bor Italiya oliy ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

  “Milan” bilan aloqalar

Shubhasiz, 2018 yilda C seriyada o‘ynayotgan jamoani “Milan”ning sobiq egasi Silvio Berluskoni, aniqrog‘i unga tegishli Fininvest kompaniyasi sotib olmaganida edi, “Monsa” hozir ham quyi divizionda o‘ynayotgan bo‘lardi. U klubga uzoq yillik hamkori, buyuk “qizil-qora” jamoaning yana bir muhim insoni Adriano Galliani bilan birga kelgan. O‘shanda La Gazzeta dello Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma taxminan 3 million yevroni tashkil qilgan. 

   Milandagi kabi Berluskoni Gallianiga asosan operativ boshqaruvni yukladi. Umuman olganda, bu tanlov “Monsa”ga mos tushdi, chunki Berluskonining villasi Brianeto arenadan uch kilometr masofada joylashgan edi. Yana bir muhim jihati  Galliani aynan shu shaharda tug‘ilgan, u matbuot anjumanlarining birida quyidagi iliq fikrlarni bildirib o‘tadi: “ Yevropada katta o‘yinlar ortda qolgandi, bir kuni menga C seriyada ishlashga nima deysiz deb savol berishdi, men  “Monsa”da zo‘r xohish va ishtiyoq bilan ishlay olaman. Shunchaki, Milan 31 yil meni ijaraga olgandi!”

Soqol va tatuirovkaga taqiq 

Yangi xo‘jayinlar kelgandan bir oy o‘tib, “Monsa” yangi bosh murabbiy topdi. U “Milan”ning sobiq yarim himoyachisi Kristian Brokki edi. Bir necha oydan so‘ng esa jamoa tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi. 2019 yilning yanvarida jamoani 14 nafar futbolchi tark etgan bo‘lsa o‘rniga 16 nafari qo‘shildi. Futbolchilar transferi uchun atgi 2,15 million yevro sarflandi. Lekin C seriya jamoasi uchun bu yaxshigina mablag‘ edi.

  Berluskoni darhol o‘z qoidalarini o‘rnata boshladi. U o‘yinchilarga soqol qo‘yish, sirg‘a taqish va tatuirovka chizdirishni taqiqladi.U faqat italiyaliklar o‘ynaydigan namunali jamoa tuzmoqchiligini aytdi.

   Birinchi mavsum “Monsa” B seriyaga chiqa olmadi, ammo keyingi yil ular o‘z divizionlaridagi barcha jamoani mag‘lub  etishdi. 2019/20 yilgi mavsum pandemiya sababli erta tugatilgan bo‘lishiga qaramay “Monsa” eng yaqin taqibchisidan 16 ochko oldinda edi.

 Pley-off bosqichidan o‘tish 

   2020/21 yilgi mavsumda klub transferlar uchun 20 million yevro sarfladi va shu bilan birga hech kimni sotmadi. “Monsa” A seriya tajribasiga ega nisbatan yosh futbolchilarga tayanib, 2021 yilda deyarli A seriyaga chiqdi,  ular uchinchi o‘rinni egallashdi, ammo o‘tish bahsida “Chittadelle”ga yutqazib qo‘yishdi. Yakuniga yetgan mavsumning ko‘p qismida klub beshinchi o‘rinda bordi va yakunda to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘ldan boy berdi. Jamoa pley-off bosqichidan o‘tishi lozim edi. Yarim finalda “Breshiya”, finalda esa “Piza” mag‘lub etildi. 2020 yil Galliani: “Monsa A seriyada “Milan”ga qarshi?,  katta orzularimdan biri, bu haqida bir necha mavsumdan so‘ng gaplashamiz”. Gallianining orzusi ro‘yobga chiqdi, “Monsa” klubi kelasi mavsum albatta A seriyada o‘ynaydi. Lekin bu hali yakun emas. Berluskonining orzulari yanada kattaroq  “Monsa” xo‘jayini shunday deydi: “Men g‘alaba qozonishga o‘rganib qolganman, shu sababli  biz endi  A seriyadamiz, Skudettoni yutib, Yevropa Chempionlar Ligasiga  yo‘l olishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak!”

  “Monsa” misolida jiddiy investisiyalar va tajribali insonlar hatto kichik jamoani ham orzuga yetaklashi mumkinligining guvohi bo‘ldik. La Republica nashrining yozishicha, Berluskoni deyarli 4 yil davomida “Monsa” uchun 71 million yevro sarflagan. Albatta,  A seriyada va hatto Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun ko‘proq sarmoya kerak. Klub rahbari esa bunga tayyordek ko‘rinmoqda.

Manba: www.sport-express.ru
Kiritildi: 17:23, 02.07.2022.
O'qildi: 5587 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.