Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Diyor Imomxo‘jayev hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonmoqda

Diyor Imomxo‘jayev hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbolda to‘g‘ri va halol ishlashda gap ko‘p. Chunki kuch — adolatda, xolislikda.

Biz maydonlarni yaxshilab borishda shunday davom etsak, "kartoshka dalalarida Braziliyani ham mag‘lub etadigan murabbiylar" chetga chiqib boradi. Yaxshi, sifatli va kombinasion futbol uchun yaxshi maydonlar shart. Bolalar to‘g‘ri pas berishni o‘rganishi, normal futbol qanday bo‘lishini his qilishida bu muhim omil.  

"3 ga 3" kelishib oladigan, o‘z uyida hammani "yutadigan", raqib maydonida o‘yinni beradigan noinsoflar kamayib borishidan manfaatdormiz. Futbolchilar masala kiyim almashtirish xonasida emas, maydonda hal bo‘lishini tushunib yetishlari, hakamni ko‘riboq "dux"ni berishlari emas, hakamlariga qo‘shib-da yer tishlatishga tayyor jangchilarga aylanishlari shart. Bugungi hakamlar o‘zgaryapti, faqatgina kecha hamma joyni rasvo qilib, bugun ularga baho qo‘yayotgan yoki aql berayotganlarga ham bosqichma-bosqich chiqish eshiklarini ko‘rsatishimiz, toza ishlamoqchi bo‘lgan hakamlarga ko‘proq imkoniyat berish yo‘lidan yurishimiz kerak, shunday bo‘ladi ham.    

Bizning muxlislar g‘alaba uchun pastkashlikka boradiganlardan ko‘ra, mardonavor kurashib yengiladiganlarni qadrlaydi. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon. Muhimi munosib bo‘la olish, yiqilganda qayta oyoqqa tura olish. Biz Osiyo yoki Yevropadagi joyimizni o‘zgartirish haqida emas, qarashlarimizni o‘zgartirish ustida ishlayapmiz. Xudo xohlasa, hammasi yanada yaxshi bo‘ladi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:39, 02.07.2022.
O'qildi: 2694 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.