"Manchester Siti"dan ijaraga olingan "River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvares kelasi hafta ingliz klubiga qaytadi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli argentinalik futbolchining ijara muddati 7 iyulda tugaydi, ertasi kuni esa futbolchi "Siti"ga qaytadi.
Joriy mavsumda Alvares "River Pleyt" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.