Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

"Barselona" bilan so‘nggi bor Chempionlar ligasini qo‘lgan kiritgan tarkib hozir qayerda?

"Barselona" bilan so‘nggi bor Chempionlar ligasini qo‘lgan kiritgan tarkib hozir qayerda?

Baho:
+ | -

7 yil oldin "Barselona" Chempionlar ligasida beshinchi va shu paytgacha oxirgi marta g‘alaba qozongan edi. O‘sha , mavsumda Messi - Suares – Neymar triosi “Barselona”ning 31 ta golidan 27 tasini kiritishdi va final natijasini hal qilishdi. O‘shandan beri “ko‘k-anorranglilar” turnirning hal qiluvchi bosqichiga chiqa olishmadi, birorta ham xalqaro kubokni qo‘lga kiritishmadi. 2015 yil qahramonlari hozir qayerda?

Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen

Ter Shtegen 2015 yilgi finalda "Barselona"ning eng yosh futbolchisi bo‘lgan edi. Nemis darvozaboni Chempionlar ligasidagi 13 ta o‘yindan 6 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va klubni tark etgan Viktor Valdesga munosib o‘rinbosar bo‘la oldi. Ter Shtegen finaldagi yagona golni ikkinchi bo‘lim boshida o‘tkazib yubordi. 2014/2015 yilgi mavsumdan beri nemis futbolchisi "Barselona"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Umuman olganda, Kataloniya klubi bilan u 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: Ispaniya chempionati (4 marta), Ispaniya kubogi (5), mamlakat Superkubogi (2) va Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligini.

Himoyachi: Dani Alves

Alves Chempionlar ligasining 2014/2015 yilgi mavsumida kartochkalari tufayli ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborgan va turnirda 4ta golli uzatmani amalga oshirgan. Finalda braziliyalik barcha 90 daqiqa o‘ynagan. Keyinchalik, himoyachi to‘plamiga yana bir nechta sovrinlarni qo‘shdi: "Barselona" bilan u oltinchi chempionligini va to‘rtinchi Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.
2021 yilning noyabrida braziliyalik futbolchi "Barselona"ga qaytdi, olti oy o‘ynadi, ammo yangi sovrinlarni qo‘lga kirita olmadi. Alves 1 iyuldan beri erkin agent maqomida.

Himoyachi: Jordi Alba

Finalda 90 daqiqa o‘ynagan Alba "Barselona" safidagi o‘yinlari 500ga yaqinlashmoqda. Kataloniya klubi bilan ispaniyalik futbolchi 21 ta sovrin yutib oldi va yana bir necha kubokni boshi uzra ko‘tarishni kutmoqda. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu tariqa, Albada yutuqlar to‘plamini yakunlash uchun yana ikki yil bor. Chempionlar ligasining 2014/2015 yilgi mavsumida Jordi 13 ta o‘yindan 11 tasida maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.

Himoyachi: Jerar Pike

Pikening “APOEL”ga urgan goli bilan "Barselona"ning Chempionlar ligasidagi zafarli mavsumi boshlandi. Finalda Jerar jarima maydonchasida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Karlos Tevesga zarba berishga imkon berdi, shundan so‘ng Morata hisobni tenglashtirdi. Pike ham xuddi Alba kabi "Barselona" bilan shartnomasi tugashiga ikki yil qoldi. 2022/2023 yilgi mavsumda himoyachining o‘yin vaqti qisqarishi ehtimoli bor. Xavi uni asosiy tarkibda ko‘rmayapti. Shu bilan birga, Jerarning ketishi mumkin bo‘lgan mavzu muhokama qilinmayapti.

Himoyachi: Xavyer Maskerano

Maskerano Chempionlar ligasining barcha 13 o‘yinini to‘liq asosiy tarkibda o‘tkazdi. Katta hajmdagi ish uchun himoyachi “PSJ” bilan birinchi chorak finalda assistentlik qildi. 2018 yilda "Barselona"ni ark etgan Maskerano jamoa bilan 19ta sovrin yutib olgan. Faoliyatining qolgan ikki yilini argentinalik Xitoyda va o‘z uyida o‘tkazdi. 2022 yilning 1 yanvaridan Maskerano Argentinaning 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Yarim himoyachi: Serxio Buskets

Busketsga to‘liq baxtli bo‘lishi uchun yana nimalar kerakligini aytish qiyin. U allaqachon barcha sovrinlarga ega: u uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, Jahon va Yevropa chempioni bo‘ldi. Hozir Serxio "Barselona"ning asosiy futbolchisi va sardori. O‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha (674) yarim himoyachi klub tarixida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi yana bir mavsumga mo‘ljallangan, ammo Buskets jamoani muddatidan avval tark etishi mumkin.

Yarim himoyachi: Ivan Rakitich

Finalda to‘rtinchi daqiqada Rakitich hisobni ochgan edi. 2020 yil sentyabrida Rakitich hozirda o‘ynayotgan “Sevilya”ga qaytdi. Yarim himoyachining ispan klubi bilan 4 yillik shartnomasi bor. Ivan 2011 yildan 2014 yilgacha "Sevilya"da o‘ynagan va u bilan birga 2013/2014 yilgi mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.

Yarim himoyachi: Andres Inyesta

Agar kimdir unutgan bo‘lsa, Inyesta hali faoliyatini yakunlagani yo‘q: 2018 yildan beri u "Vissel Kobe" klubida o‘ynab, Yaponiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. "Yuventus" bilan finalda ispaniyalik yarim himoyachi sardorlik bog‘ichida 78 daqiqa harakat qildi. Bir necha oy oldin Andres "Barselona"ga qaytishni istayotganini aytgandi.

Hujumchi: Luis Suares

Chempionlar ligasining 2014/2015 yilgi mavsumida urugvaylik futbolchi 7 ta gol urdi, shu jumladan finalda ham. Suares so‘nggi ikki mavsumni "Atletiko"da o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda hujumchi 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 1 iyuldan urugvaylik futbolchi erkin agent hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suares faoliyatini "River Pleyt"da davom ettiradi.

Hujumchi: Lionel Messi

U deyarli barcha gollarini (10 ta) guruh bosqichida urgan. Pley-offda argentinalik "Bavariya" bilan yarim finalning birinchi o‘yinida dubl qayd etgan, shuningdek, "Man Siti", "PSJ" va "Bavariya" bilan o‘yinlarda assist qayd etgan. “Messi” Parij klubi bilan hali Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanicha yo‘q. Hujumchining Parij klubi bilan shartnomasi tugashiga yana bir yil bor, ammo hozir uning ketishi mumkinligi haqida gaplar tarqamoqda.

Hujumchi: Neymar

Neymar chorak finalning birinchi o‘yinidan beri barcha o‘yinlarda gol urdi. Braziliyalik futbolchi “PSJ”ni besh marta, “Bavariya”ni uch marta, “Ayaks” va “Yuventus”ni bir marta ranjitgan. Uning finalda ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan yettinchi daqiqada kiritgan goli bunga nuqta qo‘ydi. 2017 yildan beri Neymar “PSJ”da faqat milliy sovrinlar bilan kifoyalandi. So‘nggi paytlarda Neymarning 2025 yilgacha bo‘lgan shartnomasiga qaramay ketishi haqida ko‘p gapirilmoqda. Da’vogarlar - "Milan", "Chelsi", "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Yuventus".

Bosh murabbiy: Luis Enrike

Uch yil ichida "Barselona" bilan barcha mumkin bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritgan Enrike ko‘tarilishda davom etdi - terma jamoaga. Enrike boshchiligida ispanlar Yevro-2020 yarim finaliga qadar yetib borgan va Italiyaga o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 12:06, 03.07.2022.
O'qildi: 8115 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.