Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Superliga. "Metallurg" - "Paxtakor". Prevyu

Superliga. "Metallurg" - "Paxtakor". Prevyu

Baho:
+ | -

Superliga 5-tur kechiktirilgan o‘yinida "Sherlar" 4 iyul kuni Bekobodga safar qilishadi.

Chempionatlar doirasida klublar 50 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 42 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 133 gol urib, o‘z darvozasidan 37 to‘p olib chiqqan.

Bekobod jamoasining o‘zaro o‘yinlardagi so‘nggi g‘alabasi 2016 yilgi mavsumda kuzatilib, o‘z maydonida 2:0 hisobida yutuqqa erishgan. O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba - 6:0 natijasi "Paxtakor"ga tegishli. 2003 va 2006 yillarda "Sherlar" raqibni shunday natijalar bilan dog‘da qoldirishgan. Yirik g‘alabalarimiz soni jami 17tani tashkil qiladi. Bekobodda o‘tgan uchrashuvlarning 19tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan, ikki bellashuv durang bilan tugagan bo‘lsa, 4ta to‘qnashuvda "Metallurg" ustun kelgan. Mehmondagi o‘yinlarda 56 gol urilib, 19 to‘p o‘tkazib yuborilgan. Safardagi oxirgi 6ta o‘yinda jamoamiz zafar quchgan.

"Metallurg" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 4 iyul, dushanba kuni "Metallurg" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Kiritildi: 14:40, 03.07.2022.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.