Kirish Ro'yxatdan o'tish

Botman o‘ziga to‘langan pullarni oqlashga tayyor

Botman o‘ziga to‘langan pullarni oqlashga tayyor

Baho:
+ | -

"Nyukasl"ning yangi futbolchisi Sven Botman jamoa lageriga o‘tgani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchiga 37 million yevro to‘lanadi.

“Lill”da bo‘lganimda bor e’tiborimni bo‘lajak o‘yinlarga qaratganman. Mavsum tugadi, turli klublar bilan muzokaralar boshlandi.

Menga APL yoqadi. Bu yerdagi loyihalarning kelajagi porloq. Men bu yerda bo‘lishni xohlayotganimni angladim, shuning uchun men "Nyukasl"ni tanladim. Men uchun bu aql bovar qilmaydigan voqea, men yangi jamoamda o‘ynashni juda xohlayman.

Men «Nyukasl» tarixidagi eng qimmat himoyachiman. Bu transfer bozori haqiqati. Klublar futbolchilar uchun juda ko‘p pul to‘laydi, mening bunga aloqam yo‘q. Men imkon qadar samarali o‘ynash niyatidaman. Transfer summasi haqida o‘ylamaslikka harakat qilaman. Men shunchaki zavqlanaman", — deydi Botman.

Kiritildi: 17:49, 03.07.2022.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.