Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Saloh APLda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi. Top-10likda yana kimlar bor?

Saloh APLda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi. Top-10likda yana kimlar bor?

Baho:
+ | -

 1 iyul kuni "Liverpul" Muhammad Saloh bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Hujumchi endi haftasiga rekord darajadagi 400 ming funt maosh oladi, bu esa uni Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Bu maosh liganing yulduz futbolchilari, jumladan, «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening maoshidan ham ko‘p. Shu tariqa, Saloh dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtinchi o‘yinchisi bo‘ldi. Maosh bo‘yicha yana kim o‘ntalikka kiradi?

10. Robert Levandovski, “Bavariya”, haftasiga 406 000 yevro

Ispan nashrlarining yozishicha, agar Levandovski “Barselona” bilan shartnoma imzolasa, uning maoshi haftasiga 176 ming yevroga tushadi. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar qanday yakunlanishi aniq emas, ammo hozir vaziyat quyidagicha. Hujumchi "Barselona"ga o‘tmoqchi, kataloniyaliklar uni sotib olishga tayyor, ammo "Bavariya" polyak bilan xayrlashmoqchi emas. Biroq, haftasiga 406 000 yevro maosh olsa ham, Levandovski jamoaning asosiy futbolchisi - 2021/2022 yilgi mavsumda u ajoyib statistika qayd etdi (46 o‘yin, 55 gol, 7 golli uzatma).

9. Antuan Grizmann, “Atletiko”, haftasiga 413 000 yevro

Grizmann Levandovskidek statistika bilan maqtana olmaydi. U o‘tgan mavsumda "Atletiko"ning to‘rtinchi to‘purariga aylandi (35 o‘yinda 8 ta gol). "Atletiko"ning eng yaxshi to‘purarlari Luis Suares va Anxel Korrea 13tadan gol urishdi. "Barselona"ning sobiq hujumchisi yangi mavsumda statistik ma’lumotlarni to‘g‘irlashi mumkin: u Madridda yana bir yil ijarada qoladi.

7-8. David de Xea, “Manchester Yunayted”, haftasiga 435 000 yevro

57 ta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay de Xea uchun mavsum yaxshi o‘tdi. Ha, darvozabon kamroq gol o‘tkazishi zarur, ammo himoyachilar ham yaxshi o‘ynashlari kerak. “Qizil iblislar”da himoyada muammolar ko‘p bo‘lsa-da, ispaniyalikning natijasi yomon emas. Agar 31 yoshli darvozabon va 37 yoshli portugaliyalik bo‘lmaganida, “Manchester Yunayted” turnir jadvalining ikkinchi qismida mavsumni yakunlangan bo‘lardi. De Xeaning shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Qiziq, darvozabon Manchesterda qoladimi? Katta ehtimol bilan u Chempionlar ligasi kubogi uchun kurashmoqchi.

7-8. Erling Xoland, “Manchester Siti”, haftasiga 435 000 yevro

Xoland hali o‘zini ko‘rsatgani yo‘q. Angliyada norvegiyalik futbolchi bir mavsumda 20+ gol urishi kutilmoqda. Germaniyada ikki yil davomida u bu ko‘rsatkichga erishdi. Erling "Manchester Siti" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. U "shaharliklar" hujumining asosiy futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Unga De Bryuyne, Bernardu Silva, Rahim Sterling, Jek Grilish va Riyod Mahrez timsolidagi sheriklar yordam berishi kerak. Bundan tashqari, Xolandda deyarli raqobat bo‘lmaydi - Gabriyel Jezus "Arsenal" bilan shartnoma imzolaydi.

5-6. Kevin De Bryuyne, “Manchester Siti”, haftasiga 446 000 yevro

De Bryuyne 2012/2013 yildan beri eng ko‘p gol urgan mavsumini o‘tkazdi. Balki bu Xosep Gvardiolaning yolg‘on to‘qqizlik sxemasidan tobora ko‘proq foydalanayotgani bilan bog‘liqdir. Belgiyalik va Xoland o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday bo‘ladi - biz avgust oyida bilib olamiz. Ayni paytda, Kevin “Manchester Siti” to‘purarlari tarixida 10-o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilganini va klub safida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazganini ma’lum qilamiz.

5-6. Krishtianu Ronaldu, “Manchester Yunayted”, haftasiga 446 000 yevro

“Manchester Yunayted” hujumchisi 2021/2022 yilgi mavsumda Angliya chempionatining uchinchi to‘purari bo‘ldi. Qolaversa, Ronaldu yakka o‘zi “qizil iblislar”ni Chempionlar ligasiga tortib olishga urindi. Portugaliyalikning 37 yoshida qilgan mehnati miqdorini hisobga olsak, u pulini to‘liq ishlab qaytardi. Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan.

4. Muhammad Saloh, “Liverpul”, haftasiga 464 000 yevro

Sadio Manening ketishi tufayli “Liverpul” misrlik futbolchiga katta chek yozishi mumkin edi. Saloh jamoada yetakchi rolini egallab turipti va 51 o‘yinda "gol+pas" tizimida 31+16 gol urgan. "Benfika" futbolchisi David Nunyes hujumda Mane o‘rniga Muhammad bilan maydonga tushadi. Uning uchun "Liverpul" 75 million yevro ajratdi. Salohga kelsak, Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi sifatida u endi "Liverpul" bilan ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritishi kerak. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Yurgen Klopp jamoasi APLdagi g‘alabalar bo‘yicha «Manchester Yunayted» bilan tenglashadi (har biri 20 tadan).

3. Neymar, “PSJ”, haftasiga 703 000 yevro

Neymar jamoadan ketishi mumkin. Braziliyalik futbolchi har mavsumda ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi. Bunday maoshga ega futbolchi uchun bu nomaqbul, klub boshliqlari esa allaqachon braziliyalikdan qutulmoqchi. U o‘tgan mavsumda "PSJ"ning 22 ta o‘yinini o‘tkazib yubordi va barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda 13 ta gol urdi. Agar asosiy yulduzlar mavsumda 50 ga yaqin o‘yin o‘tkazsa, Neymar 30 o‘yin ostonasidan zo‘rg‘a o‘tadi: 2017/2018 mavsum (30 o‘yin), 2018/2019 mavsum (28), 2019/2020 mavsum (27), 2020/2021 mavsum (31), mavsum-2021/2022 (28).

2. Lionel Messi, “PSJ”, haftasiga 1 million 114 ming yevro

Eslatma: Messi "Barselona"dan "PSJ"ga o‘tganidan keyin maoshi kamaytirilgan, ammo u hali ham juda ko‘p pul oladi. Liga 1da 15 ta golli uzatmaga qaramay, Parijdagi birinchi mavsum argentinalik uchun omadsiz kechdi. Messi 2007/2008 yilgi mavsumdan beri birinchi marta o‘rtacha har bir o‘yinda kamroq ochko to‘pladi. Bundan tashqari, u Fransiya chempionatining 26 o‘yinida atigi oltita gol urgan – bu to‘purarlar ro‘yxatida 44-o‘rin.

1. Kilian Mbappe, “PSJ”, haftasiga 1 million 160 ming yevro  

Mbappe yangi 3 yillik shartnoma evaziga reytingda peshqadamlik qilmoqda. 23 yoshli hujumchi "Real"ga o‘tish o‘rniga ulkan maoshni tanladi. Albatta, fransuz ichki musobaqalarda ham, Chempionlar ligasida ham ajoyib statistika ko‘rsatadi, ammo “PSJ” xo‘jayinlari Mbappeni klubga asosiy orzusiga erishishda yordam berishini ko‘rishni xohlaydi. Ular uni sayyoradagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirganlari ajablanarli emas. Umuman olganda, “PSJ” Messi, Mbappe va Neymarning maoshi uchun yiliga 152 million yevro sarflaydi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 01:05, 04.07.2022.
O'qildi: 8834 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.