Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbek futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan Mirabror Usmonovni xotirlab

O‘zbek futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan Mirabror Usmonovni xotirlab

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sobiq prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonov hayot bo‘lganida bugun 75 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.

O‘z ishining chin fidoiysi sifatida katta hurmatga sazovor bo‘lgan Mirabror Zufarovich o‘zbek futbolining rivoji yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirganini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.

Mirabror Usmonov rahbarlik yillarida milliy sportimiz, xususan futbol Osiyo qit’asida o‘z obro‘ va e’tiboriga ega bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar hamda o‘smirlar terma jamoalari 5 bora Jahon chempionatlarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, mamlakatimiz turli yosh toifalarida 5 ta Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Shuningdek, Mirabror Usmonov tashabbusi bilan yurtimizda mavjud infratuzilma yaxshilandi, bir nechta stadionlar, sport inshootlari barpo etildi.

Yurt sporti rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun Mirabror Zufarovich “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati”, «Do‘stlik» ordenlari bilan taqdirlangan.

Mirabror Zufarovich 2006-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbari sifatida, 2013-2017 yillarda Milliy Olimpiya qo‘mitasi, 2015-2018 yillar davomida esa Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi prezidenti sifatida samarali faoliyat olib bordi.

Mirabror Usmonovning o‘zbek futboli rivoji yo‘lida amalga oshirgan sa’y-harakatlari va u kishining yorqin xotirasi hamisha yodga olinadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:42, 04.07.2022.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.