Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte "Barselona" futbolchisini Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi

Konte "Barselona" futbolchisini Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi

Baho:
+ | -

Huquqlari Kataloniyaning "Barselona"ga tegishli bo‘lgan himoyachi Kleman Lengle Tumanli Albionga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Fransiyalik futbolchi Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tadi.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, transfer "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Kontening aralashuvi evaziga amalga oshiriladi. Dastlab, Kleman Londonga ko‘chib o‘tishga qarshi edi, biroq italiyalik mutaxassis shaxsiy suhbat davomida futbolchini ishontirdi.

Yaqin kunlarda tomonlar bir mavsumlik ijara shartnomasini tuzadilar. Shu bilan birga, Lenglening maoshini Kataloniya klubi to‘lashda davom etadi.

Kiritildi: 10:38, 05.07.2022.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик