Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kutilmagan xabar! Laporta Ronalduning agenti bilan uchrashdi

Kutilmagan xabar! Laporta Ronalduning agenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Joriy transfer davrida kutilmagan xabar yangrashi mumkin.

Gap shundaki, Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qilgani, klubni biroz qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Hozirda mankunianliklar nima qilishni bilmay qolishdi.

Portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh esa kecha — 4 iyul oqshomida "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi. Bu haqda "AS" nashri jurnalisti Manu Saynsa xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar Ruben Nevesh, Rafael Leau, Bernardu Silva va Krishtianu Ronalduni muhokama qilishdi. Kataloniyaliklarning Robert Levandovskining transferi borasida "Bavariya" bilan olib borayotgan muzokarasi juda qiyin kechmoqda. Shu bois, "Barsa" polshalik futbolchining o‘rniga Ronalduni "Kamp Nou"ga taklif etishi mumkin.

37 yoshli futbolchi "Barselona"ga o‘tadigan bo‘lsa, o‘z obro‘siga putur ketkazishi mumkin. Ammo Krishtianu o‘tgan yilning yozida "Manchester Siti"ga o‘tishga yaqin turganini unutmaslik mumkin. Ushbu kelishuv Frenki de Yongning "Yunayted"ga transferi doirasida amalga oshishi ham mumkin.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 10:49, 05.07.2022.
O'qildi: 10352 marta.
Fikrlar: 56 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик