Yarim himoyachi Riki Puch yozgi transfer davrida "Barselona"ni tark etishi kutilmoqda.
Kataloniyaliklar futbolchisini kelasi mavsum tekinga yo‘qotmaslik uchun u bilan yangi shartnoma imzolab, so‘ng ijaraga berib yuborishmoqchi.
Puchga ayni vaqtda APL va A Seriyaning bir qator klublari taklif bilan chiqqan.
22 yoshli ispaniyalikning "ko‘k-anorranglilar" bilan amallagi shartnomasi 2023 yil yozda yakunlanadi. Transfermarkt uni 7 millionga baholamoqda.