Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" "Bavariya" himoyachisi uchun asosiy da’vogar

"Chelsi" "Bavariya" himoyachisi uchun asosiy da’vogar

Baho:
+1 | -

"Bavariya" yozda himoyachi Benjamin Pavarni sotishga tayyor. Sky Deutschland xabariga ko‘ra, futbolchiga asosiy da’vogar "Chelsi" hisoblanadi.

Shuningdek, “Atletiko” va “Yuventus” Fransiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan himoyachiga da’vogarlik qilmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

26 yoshli Pavar 2019 yilning yozida “Shtutgart”dan “Bavariya”ga o‘tgan edi. Futbolchining transfer narxi 30 million yevroni tashkil qiladi. Himoyachining shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 21:26, 05.07.2022.
O'qildi: 2662 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.