Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Eto'O jazavaga tushdi..

Eto'O jazavaga tushdi..

Baho:
+ | -

Kamerun termasi yaqinda o‘rtoqlik bahsida Burundi jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yagona gol Karl Toko-Ekambi hisobiga yozildi.

Minimal ko‘rinishdagi natija termaning sobiq hujumchisi, hozirda Kamerun futbol assosiasiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritayotgan Samyuel Eto‘Oga yoqmadi. U o‘yindan keyin kiyinish xonasiga kirib, qahrini sochdi.

«Juda noroziman, qaysi jamoaga qarshi o‘ynayotganingiz ahamiyatsiz, sizlar Kamerun sharafini himoya qilyapsiz! Xafaman. Bir vaqtlari termamizdagi muammolar sabab jahon chempionatini o‘tkazib yuborganman. Mening prezidentlik davrimda bunday muammo qaytarilmaydi. Bu jamoada faqat munosiblar to‘p suradi, tarkibdan hech kimga joy kafolatlanmaydi. Siz o‘z ishingizni qilishingiz kerak, vazifasini bajara olmaganlar ketadi. Men ham bir necha yillar avval sizning o‘rningizda bo‘lganman. Ko‘pchiligingiz «U ahmoq» deb o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo men eng zo‘ri bo‘lganman deya olaman. Sizlar yaxshi holatda bo‘lishingiz uchun borimni, kerak bo‘lsa, hayotimni berishga ham tayyorman. Bu yerda o‘tirib, sizlar uchun astoydil kurashayotganimdan bexabarsizlar. Jamoa ixtiyoriga kelishimiz Kamerun uchun, yigitlar. Men uchun Kamerundan yaxshiroq narsa yo‘q. O‘z mamlakatim uchun jonimni beraman».

So‘ngra Eto`O futbolchilarga jahon chempionati payti milliy jamoa tarkibida joy kafolatlanmaganini eslatib o‘tdi: «Ushbu sayohatda qatnashishni istasangiz, ishlashingiz kerak. Bundan ko‘prog‘ini xohlayman, chunki jahon chempionatida g‘olib chiqishni orzu qilaman. Futbolchi sifatida men yo‘liqqan muammolar endi takrorlanmaydi. Men omadsizlikka uchradim, chunki kiyinish xonamizdagi muhit yaxshi emasdi. Vaholanki, safimizda ajoyib futbolchilar bo‘lishgan. Barchamiz baxtiyorlik hissini sezsak, muvaffaqiyatga erishamiz».

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 «G» guruhida Kamerunga Braziliya, Shveysariya va Serbiya raqib bo‘ladi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:55, 06.07.2022.
O'qildi: 2750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.