Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Isyonga aylangan shodiyona

Isyonga aylangan shodiyona

Baho:
+ | -

Kanada terma jamoasi 1986 yildan beri ilk marta JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, vatandoshlariga ulkan bayramni tuhfa etgandi.

Muvaffaqiyatga osonlikcha erishilgani yo‘q, albatta. Kanada futboli uzoq vaqt davomida eng quyi pog‘onalardan boshlab keng ko‘lamdagi islohotlarni amalga oshirdi va sabr-toqat bilan ijobiy o‘zgarishlarni kutdi. Biroq aynan mundial yo‘llanmasi naqd qilingan pallada «ataladan suyak chiqdi». Ya’ni, futbolchilar isyon ko‘tarishdi.


Norozilik boisi nima?

May oyi o‘rtalarida Kanada futbol federasiyasi milliy terma 5 iyunda JCHga tayyorgarlik doirasida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini e’lon qilgandi. Raqib tanlashda mutasaddilar Eronning o‘yin uslubi mundial guruh bosqichidagi bo‘lajak raqiblari - Marokash termasi uslubiga yaqin ekanligini inobatga olgandilar. O‘z navbatida, eronliklarning AQSH bilan bir guruhdan joy olganliklari ham rejaga mos tushgandi. Osiyo vakili bosh murabbiyi Hamid Astilining aytishicha, o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Kanada Eron termasiga 400 ming dollar va’da qilgandi.

Lekin belgilangan reja amalga oshmadi - 2020 yilning yanvarida yuz bergan aviahalokatni esga olgan jamoatchilik mazkur qaror tufayli federasiyaga qarshi isyon ko‘tardi. O‘shanda «Ukraina xalqaro avialiniyalari»ga tegishli «Boing 737-800» samolyoti Tehron - Kiyev yo‘nalishida havoga ko‘tarilgan, lekin tez orada raketa yordamida urib tushirilgandi. Sababi, havo kemasi harbiy samolyot bilan yonma-yon parvoz qilayotgan va «dushman nishoni» sifatida baholangandi. Aviahalokat oqibatida halok bo‘lgan 176 nafar yo‘lovchining 55 nafari Kanada fuqarolari va 30 nafari rezidentlar (asosan, talabalar) edilar. Ular eng arzon reyslardan biri sifatida «UXA»ni tanlagandilar.

PS752 reysida halok bo‘lganlar oilalarining assosiasiyasi bosh matbuot kotibi Hamid Esmeylion mazkur qarorni «aviahalokat jabrdiydalari uchun kuchli zarba» sifatida ta’kidladi. Uning fikricha, Eron futboli islom inqilobi soqchilari korpusining nazorati ostida bo‘lgani bois, uchrashuvga futbolchilarga shu tashkilot vakillari hamrohlik qilishlari aniq edi.

Toronto Star nashri gazetxonlar o‘rtasida Kanada FFning Eron bilan uchrashuv o‘tkazish qarori xususida so‘rovnoma o‘tkazdi. 15 mingdan ko‘proq kishi uni «kechirilmaydigan xato» sifatida baholadi, faqat 2 ming nafar gazetxon unda biror-bir yomon jihat ko‘rmaganligini bildirdi. Federasiya o‘zini himoya qilishga urindi: qisqacha bayonotda sport sohasidagi aloqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashi bayon etilgandi.

26 mayda federasiya taslim bo‘ldi: «So‘nggi haftada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat Eron bilan jiddiy ziddiyatlarga sabab bo‘ldi va terma jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv bekor qilindi». Eronliklar qarorga yetarli baho bermay, Kanada hukumatini eronofobiyada aybladilar: «Afsuski, teatrga xos bayonotlar kamlik qilgandek, endi sportga oid masalalar ham Kanadadagi partiyaviy va siyosiy taqsimlanish quroliga aylanib qoldi». Shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan Eron sport vazirligi Kanada FFni sudga berdi va 10 mln. dollar tovon puli talab qildi.

Kanadaliklar esa zudlik bilan sparring uchun boshqa raqib - Panama termasini topishdi. Bu jamoa JCH final bosqichiga chiqolmagan, o‘z tarixida 12 marta Kanada termasi bilan kuch sinashgandi. Keyin nima bo‘ldi? Jamoa mashg‘ulotlar va uchrashuvga chiqishdan bosh tortdi. Sabab - federasiya bilan yuzaga kelgan moliyaviy ziddiyat. Juma kuni ertalab jamoa «Vankuver Vaytkeps» klubining Britaniya Kolumbiyasi universitetidagi bazasida mashg‘ulot o‘tkazishi lozim edi. Jarayon boshlanishiga 1 soat qolganida, uni 3 soatga kechiktirildi, keyin bekor qilindi. Jamoa shanba kuni ham mashg‘ulotga chiqishni istamadi. Natijada, mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 40 mingga yaqin muxlislar guvohligidagi o‘yin ham o‘tkazilmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba oqshomida federasiya vakillari muammoni hal etish maqsadida futbolchilar bilan uchrashishgan. Bu munozara terma jamoaning JCHga chiqqani uchun beriladigan mukofot pullari xususidagi muzokaraning davomi edi. Unga ko‘ra, FIFA Kanadaga 10-15 mln. dollar miqdorida mablag‘ ajratishi, federasiya esa uni jamoalar o‘rtasida taqsimlashi kerak edi.

OAVda erkaklar termasining maktubi chop etilib, unda futbolchilar to‘lovlarning yanada oshkora va musaffo bo‘lishini talab qilgandilar. Gap shundaki, 2018 yilda federasiya Kanada Premyer-ligasining asoschisi bo‘lmish agentlik bilan shartnoma imzolagan, lekin kelishuvning qiymatidan terma jamoalar a’zolari bexabar edilar.

Futbolchilar tomonidan mutasaddilarga taqdim etilgan «Mamlakat futbolini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan fundamental elementlar» ro‘yxati quyidagicha:

*** Canadian Soccer Business bilan imzolangan 10 yillik shartnomaning shaffofligi va ma’lumotlari (millionlarning qayoqqa ketayotgani hech bir futbolchiga ma’lum emas);

*** Shartnomaning yanada samaraliroq bo‘lishi va korporativ hamkorlikdan daromad olishni ta’minlaydigan yetakchi mutasaddilarni aniqlash;

*** Ayollar terma jamoasi ham erkaklar kabi gonorar va mukofot pullari olishini ta’minlaydigan adolatli tizim;

*** JCHga chiqqanligi uchun umumiy ajratmaning 40 foizini ajratish;

*** JCH-2022 borishlari uchun qarindoshlarga ajratilgan paket (har bir futbolchiga 2tadan chipta ajratilgani yoqmayapti);

*** Federasiyadagi rahbarlik lavozimlarida sobiq futbolchilarning ko‘proq bo‘lishlari.

Ayollar terma jamoasi o‘yinchilari mukofot pullarini erkaklarga nisbatan oz olishlaridan norozi ekanliklarini, bu boradagi muzokaralar to‘xtab qolganligini ma’lum qilishdi. Kanada FF yakshanba kuni bo‘lgan matbuot anjumanida futbolchilar bonuslarning 75-100 foiz bo‘lishini talab qilganliklari, rahbariyat esa 60 foizni taklif etib, ayollar va erkaklarga baravar taqsimlanishini izhor etdi.

«Biz muhokamani o‘zimiz yashayotgan moliyaviy voqelik asosida o‘tkazishni istagandik. Shaffoflik va tenghuquqlilik qoidalariga rioya qilamiz, o‘yinchilarga ro‘y-rost takliflarni berdik. Bundan tashqari, ularni dun­yodagi boshqa jamoalar shart­nomalariga taqqosladik. Taklifimizda shuningdek, ayollar termalariga bir xil sharoit yaratib berish majburiyati ham qo‘shib qo‘­yildi», - dedi assosiasiya prezidenti Nik Bontis.

2021 yildagi moliyaviy hisobotga ko‘ra, federasiyaga kelgan umumiy daromadning 39 foizi erkaklar terma jamoalariga, 18 foi­zi ayollar jamoalariga bo‘lib berilgan. Qatar mundiali esa tobora yaqinlashmoqda. Shunday ekan, mavjud muammolarni imkon qadar tezroq bartaraf etib, JCHga tayyorgarlikni kuchaytirish lozim.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:13, 06.07.2022.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.