Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Gattuzo va “Valensiya” — g‘alati tandem

Gattuzo va “Valensiya” — g‘alati tandem

Baho:
+ | -

Iyun boshida "Valensiya" yana bir murabbiy iste’fosini e’lon qildi. Bu safar Xose Bordalas ko‘rshapalaklar safini tark etdi. Ispaniyalik murabbiy klubda atigi bir mavsum ishladi. Uning qo‘l ostida jamoa La Ligada 9-o‘rinni egalladi va Qirol kubogi finaliga chiqdi. Biroq, bu rahbariyat uchun katta muvaffaqiyat emas edi. Natijada Bordalas klubni tark etdi. Uning o‘rniga Jennaro Gattuzo keldi.

Italiyalik futbolchining haqiqiy murabbiylik faoliyati “Milan”ga qaytish bilan boshlandi. Mutaxassis o‘z ishiga jonini bag‘ishladi va hatto klubdan ketish oldidan maoshidan ham voz kechdi. Bu oliyjanoblik edi, lekin umuman olganda, Gattuzo "rossoneri"ning boshida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Shunga qaramay, u yangi klub tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondashdi. Italiyalik futbolchi A Seriyaning o‘rta klublarining bir nechta takliflarini rad etdi. U bosh murabbiy etib tayinlanganidan 3 hafta o‘tib, transfer masalalaridagi kelishmovchiliklar tufayli "Fiorentina"ni tark etdi.

Gattuzo tajriba orttirish uchun hech qanday ishni olmadi. U sabr ko‘rsatdi va ambisiyalari bo‘lgan klublardan takliflarni kutdi, garchi u o‘zi ham bu ambisiyalarga to‘liq javob bermagan bo‘lsa ham. Gattuzo "Napoli" bilan Italiya kubogini yutgan, ammo 2020/21 yilgi mavsum oxirida jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqa olmadi.

“Adzurri” egasi Aurelio De Laurentis mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilmadi. Garchi o‘sha vaqtga kelib tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar allaqachon buzilgan bo‘lsa-da, har qanday holatda ham hamkorlikni davom ettirish ko‘zda tutilmagandi.

Bundan kelib chiqib, italiyalikning “Valensiya”ga tayinlanishi g‘alati ko‘rinadi. U bir avtoritar shaxsning klubidan yana xuddi shu kabi klubga o‘tdi. Qolaversa, Piter Lim bilan ishlash De Laurentis bilan ishlashdan ko‘ra qiyinroq. “Ko‘rshapalaklar” egasi murabbiylarni qo‘lqopdek almashtiradi. Ko‘z ochib-yummasdan, Ispaniya Kubogida g‘olib chiqqan Marselinoni haydab yubordi. Darvoqe, undan keyin birorta murabbiy klubda 1 yildan ortiq qolmadi. Albert Selades, Xavi Grasiya, Xose Bordalas - barchasi "Valensiya"da atigi bir mavsum ishlagan.

Klub ichida ham noto‘g‘ri ishlar qilinyapti. Grasiya o‘z vaqtida rahbariyat tarkibni to‘ldirish bo‘yicha bergan va’dasini bajarmaganini ta’kidlagan edi. Mutaxassis tarkibda bor futbolchilar bilan ishlashga majbur bo‘ldi.

Gattuzoning o‘ziga yarasha obro‘sini bor klub egalari unga sharoit yaratib beradimi, degan savol tug’iladi. Himoyachi Xose Gaya va yarim himoyachi Karlos Soler bir yillik shartnomaga ega. Qanot himoyachisi Gonsalu Gedeshning shartnomasi tugashiga 2 yil qoldi, ammo klubdan ketishi mumkinligi haqida ochiq gapirdi. Jamoaning eng kuchli uch futbolchisining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

"Valensiya" tez orada mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashi kerak, ammo klub transfer bozorida hech narsa qilmayapti. Yangi futbolchilarni qo‘lga kiritish uchun "Valensiya" o‘z futbolchilarini sotishi kerak. Soler, Gedesh va Gaya munosib pul olishlari mumkin bo‘lgan yagona odamlardir. “Ko‘rshapalaklar” o‘zlarining eng yaxshi futbolchilarini sotishni xohlamaydilar, boshqa ijrochilarga esa talab yo‘q.

Bunday qiyin ish joyi Gattuzoning o‘ziga kerakmi, bu boshqa savol. Katta ehtimol bilan mutaxassisga qayta qurish emas, kuchli jamoa va’da qilingan. Lekin aslida hammasi xuddi “Fiorentina”dagidek bo‘ladiganga o‘xshaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, italiyalik o‘zining yangi klubining transfer bozoridagi harakasizligidan allaqachon norozi bo‘la boshlagan.

Hozirda "Valensiya" transfer bozorida ojiz. Klubda yangi o‘yinchilar uchun pul yo‘q, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa jamoadan kimdir ketishi kerak. Gattuzoda esa tarkibni kuchaytirish uchun jiddiy ro‘yxat bor, unga hatto Edinson Kavani ham kiritilgan. Klub murabbiy bilan qanday munosabatda bo‘lishi va “ko‘rshapalaklar” kelajagi qanday bo‘lishi hozircha aniq emas.

Kiritildi: 13:36, 07.07.2022.
O'qildi: 2791 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик