10 iyun kuni Angliyada transfer oynasi ochildi. Deyarli bir oy ichida barcha klublar yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun 730 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi va ketganlardan 345 million yevro ishlab oldi.
Angliyada transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi, ammo hozircha Angliya premyer-ligasining top-klublarini kim kuchaytirganini, kimlar sotilganini va Angliyaning kuchli olti jamoasidan qanday yangilar bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz.
"Manchester Siti"
Asosiy futbolchilardan Angliyaning amaldagi chempioni hech kimni yo‘qotgani yo‘q. Ha, “Man Siti”ni “Atletiko Paranaense”ga o‘tgan Fernandinyo tark etdi, ammo uning o‘rniga “shaharliklar” Kalvin Fillipsni “Lids”dan 48,75 million yevro evaziga olib kelishdi. Erling Xoland ( 60 million yevro) 52,2 million yevro evaziga "Arsenal" futbolchisiga aylangan Gabriel Jezusning o‘rnini egalladi.
"Manchester Siti" “Arminiya”dan darvozabon Stefan Ortegani tekinga oldi. 29 yoshli darvozabon ikkinchi raqamli bo‘lish huquqi uchun Zaxari Steffen bilan raqobatlashishga harakat qiladi. Xulian Alvares ham tarkibga qo‘shildi. "River Pleyt" safida 25 o‘yinda 18 ta gol urgan 22 yoshli hujumchini qishda "shaharliklar" sotib oldi (17 million yevro).
Jamoadan ketadigan futbolchilar hali ham bordek, go‘yo. Oleksandr Zinchenko va Bernardu Silva yangi klub izlashmoqda. Bernardu Xosep Gvardiolaga "Barselona"ga o‘tishni istayotganini aytgan. "Man Siti" esa bozordagi transfer faolligini to‘xtatmoqchi emas: ular Matteys de Ligt va Serj Gnabriga ko‘z tikishmoqda.
"Liverpul"
Iyun oyida "Liverpul" bir qancha keraksiz futbolchilar qutildi. Klubni Loris Karius (bepul), Divok Origi (bepul) va Takumi Minamino (15 million yevro) tark etdi.
“Liverpul”ning asosiy sotuvi Sadio Manening “Bavariya”ga 32 million yevroga transferi bo‘ldi. Uning o‘rniga mersisaydliklar hujumida Darvin Nunyes o‘ynaydi. 23 yoshli urugvaylik futbolchi 2021/2022-yilgi mavsumda “Benfika” safida 41 ta o‘yinda 34 ta gol urdi. Undan tashqari "Liverpul” Fabio Karvalyoga ham ega bo‘ldi. U "Fulxem"dan 5,9 million yevroga keldi. 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi klub safida chempionatda 36ta o‘yin o‘tkazgan va jamoa yulduzlaridan biri bo‘lgan. "Liverpul" shuningdek, "Aberdin"ning 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Kalvin Remsini (4,89 million yevro) o‘z safiga qo‘shib oldi.
"Liverpul"ning transferlari shu bilan tugamaydiganga o‘xshaydi. Roberto Firminoning "Yuventus"ga ketishi va "Borussiya Dortmund"dan Jud Bellingemning kelishi ehtimoli bor. Mersisaydliklar angliyalik futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor, ammo nemislar 120 million yevro so‘ramoqda. Yarim himoyachi Jordan Xendersonning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rilmoqda.
“Chelsi”
"Chelsi" hozircha faqat yo‘qotishlarga ega. Londonliklar uchta markaziy himoyachi bilan xayrlashdi - Andreas Kristensen ("Barselona"), Antonio Ryudiger ("Real") va Jeyk Klark-Salter ("Quinz Park Reynjers"). Bundan tashqari, Saul Niges Madridning “Atletiko” klubiga, Romelu Lukaku “Inter”ga, Charli Musonda va Daniel Drinkuoter esa shartnomasiz qolib ketishdi.
Sotib olishlarga kelsak, ular hozircha yo‘q. Konor Gallager va Armando Broy ijaradan "Chelsi"ga qaytishdi. Ular 2021/2022 yilgi mavsumni mos ravishda "Kristal Pelas" va "Sautgempton"da ijara asosida o‘tkazdilar.
"Chelsi" Matteys de Ligt, Neymar, Rafinya, Krishtianu Ronaldu va Sterlingga qiziqish bildirmoqda. Rafinya va Sterling allaqachon "ko‘klar" bilan shartnoma borasida kelishib olishgan. Fabrisio Romanoning fikricha, Sterlingning kelishuvi taxminan 41 million yevroni tashkil qiladi. Hujumchining "Man Siti"ni tark etishiga sabab o‘yin vaqtining cheklangani bo‘lgan.
Hakim Ziyesh va Markos Alonso esa "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
"Tottenxem"
"Tottenxem" uchta ajoyib transferni amalga oshirdi. Endi hujumda Xarri Keyn bilan birga "Everton"dan 58 million yevroga sotib olingan Risharlison ham porlaydi. "Brayton"dan Iv Bissuma (29,2 million yevro) va "Inter"dan tajribali Ivan Perishich (bepul) jamoga kelib qo‘shildi. Shuningdek, “Tottenxem” “Sautgempton”dan 34 yoshli darvozabon Freyzer Forsterni oldi.
"Arsenal"
“Kanonirlar” “Siti”dan Gabriel Jezusni (52,2 million yevro) olib, Aleksandr Lyakazettni “Lion”ga qaytarishdi (bepul). Shuningdek, “Arsenal” yarim himoya chizig‘ini “Portu”dan Fabio Viyeyra (35 million yevro) va o‘ng qanot himoyachisi sifatida “San-Paulu”dan 19 yoshli Markinyos (3,5 million yevro) bilan mustahkamladi.
"Arsenal" bu yozda ikki futbolchi orqali pul ishlab oldi: Matteo Genduzi 11 million yevroga “Marsel”ga o‘tdi, Konstantinos Mavropanos esa 3,2 million yevro evaziga "Shtutgart" futbolchisiga aylandi.
"Manchester Yunayted"
"MYU" barchani tekinga qo‘yib yubordi: Pol Pogba, Xuan Mata, Jessi Lingard va Edinson Kavani erkin agentga aylanishdi, 39 yoshli darvozabon Li Grant nafaqaga chiqdi, De Xeaning o‘rinbosari Din Xenderson "Nottingem Forest"ga ijaraga berildi, Nemanya Matich esa Joze Mourino boshchiligida o‘ynaydi. U “Roma”ga tekinga ketgan. Shu tariqa, “Manchester Yunayted” Transfermarkt tomonidan 96 million yevroga baholangan futbolchilar uchun 0 yevro oldi.
"Qizil iblislar" bilan faqat "Feyenoord"dan Tirell Malasiani qo‘lga kiritildi. U 15 million yevro turadi va Lyuk Shou va Aleks Telles bilan raqobatlashadi.
"MYU" Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishni istamaydi. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ehtimol Gnabri, Dibala, Eriksendan biri Manchesterga keladi.
Xo‘sh, asosiy qahramon - Frenki de Yong. "Barselona" yarim himoyachisining transferi "Manchester Yunayted"ga 65 million yevroga tushadi. Bonus miqdori hali hal qilinishi kerak, bu chamasi 20 million yevroga baholanyapti.