"Chelsi" himoyachi Natan Ake bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralarda oldinga siljidi.
The Times xabariga ko‘ra, londonliklar "Manchester Siti" bilan muzokaralarning yuqori bosqichida. So‘nggi kunlarda bu jarayon tezlashgan.
Futbolchining o‘zi 2017 yilda tark etgan jamoasiga qaytishga tayyor. Shu bilan birga, u bilan shartnoma shartlari haligacha kelishib olinmagan.