Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Pogba: "Pogba deyarli qaytdi"

Pogba: "Pogba deyarli qaytdi"

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Pol Pogba Turinning “Yuventus” klubiga qaytishga juda yaqin turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarida fransiyalik futbolchi o‘zining samolyotda bo‘lgan videosini joylashtirdi. Futbolchi: "Pogba deyarli qaytdi" degan yozuvni qo‘shib qo‘ydi.

Tez orada futbolchining Turinga kelishi haqidagi ma’lumotni italiyalik jurnalist Fabrisio Romano tasdiqladi. Pogba va Di Mariyaning transferi deyarli bir vaqtda e’lon qilinishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Turinga kecha yetib kelgandi.

Pogba "Yuventus"ga erkin agent sifatida qaytadi. O‘z vaqtida fransiyalik futbolchi "Keksa sinyora" tarkibida 4 marta A seriya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2015 yilda Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

Kiritildi: 17:15, 08.07.2022.
O'qildi: 2602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик