"Bolonya" bosh direktori Klaudio Fenuchchi hujumchi Marko Arnautovichning "Yuventus"ga o‘tishini rad etdi. Futbolchiga hozirda "byankonerilar" qiziqish bildirmoqda.
"Arnautovich - klub uchun juda muhim sarmoya. Kelgusi bir necha yil ichida u "Bolonya" bilan birga bo‘ladi. Uning kelajagi borasida muzokaralar olib bormaymiz, u biz bilan qoladi", - deya funksionerning so‘zlarini keltiradi Calciomercato.
33 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan.