"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Star.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli angliyalik bilan yangi shartnoma 6 yilga mo‘ljallangan. Shartnomaga ko‘ra, Foden haftasiga 200 ming funt maosh oladi - bu yiliga 11,3 million yevro.
Foden o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.