Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Fred faoliyatini yakunladi

Fred faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

"Fluminense" hujumchisi Fred futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Braziliya terma jamoasining 38 yoshli sobiq futbolchisi joriy mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Faoliyati davomida Fred "Amerika Mineyro", "Kruzeyro", "Lion", "Atletiko Mineyro" va "Fluminense" klublarida o‘ynagan. “Lion” tarkibida hujumchi uch karra Fransiya chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylandi. "Fluminense" bilan birgalikda Fred ikki marta Braziliya chempioni bo‘ldi.

Braziliya terma jamoasi safida Fred 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2013 yilda terma jamoa tarkibida hujumchi Konfederasiyalar kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 07:54, 11.07.2022.
O'qildi: 3137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик