Kataloniyaliklar moliyaviy muammolardan aziyat chekmoqda, ammo ular so‘nggi yillardagi eng keng qamrovli qayta qurishni rejalashtirmoqda.
Agar "Barselona" rejalashtirgan barcha transferlarni amalga oshira olsa, keyingi mavsumda asosiy tarkib uchdan ikki qismga yangilanadi. Mundo Deportivo "Barsa" yangi kelganlar uchun 200 million yevro sarflashga tayyor ekanligini aytdi.
Bir nechta yangi kelgan futbolchilar bor va ular jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilishdi.
Frank Kessie “Milan”ning chempion tarkibining muhim elementi. U zaxirada o‘tirish uchun kelmagani aniq. Kessie o‘ziga xos kamtarinligi va qo‘polligi bilan hali asosiy tarkibdagi o‘ringa loyiq emasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da: “Maydondagi joy chiroyli so‘zlar uchun emas, mashg‘ulotlardagi mehnat natijalariga qarab olinadi. Qarorni murabbiy qabul qiladi", deya intervyu bergan.
Andreas Kristensen, markaziy himoyachi, erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi.
Usmon Dembele jamoada qolish uchun ancha nag’ma qildi. Shunga qaramay, u yangi shartnoma imzolaydigan bo‘ldi.
Muzokaralar rejimida bo‘lgan futbolchilar:
Rafinya Dias
Hujumkor futbolchi uchun “Lids” “Chelsi” va “Arsenal” bilan raqobatlashishi kerak edi. Kataloniyaliklar, har doimgidek, kamroq xarajat qilishga ahd qilgan. Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, "Barsa" 58 million yevro to‘laydi. Premyer-liga klublari ko‘proq pul to‘lashga tayyor edi, Rafinyaning o‘zi va uning agenti Deko bu vaziyatda ispan klubini tanladi.
Robert Levandovski
"Barsa"ning yozdagi asosiy maqsadi, muzokaralar borligini Laporta tasdiqladi. Biroq, "Bavariya" pulga juda muhtoj emas. Myunxen klubi 50-60 million yevro talab qilmoqda. Va bu to‘lovlarni bekor qilishni xohlaydigan "Barselona" uchun katta muammo.
"Barselona"da bunday darajadagi futbolchi yo‘q. Pyer-Emerik Obameyang qayta yarim mavsumda La Ligada 11 ta gol urdi, ammo yangi mavsumga uning bir o‘zi bilan kirishish xato bo‘lardi.
Sezar Aspilikueta va Markos Alonso
"Chelsi" bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgan ikki o‘yinchi va "Barsa" qanotlarni yangilamoqchi. Muzokaralar klubning yangi xo‘jayini Todd Beyli darajasida. Ikkala transferning ham ehtimoli yuqori.
"Barselona"ning o‘tgan mavsumdagi o‘rtacha o‘yinlarini oladigan bo‘lsak, to‘rt nafar futbolchi jamoada qolishi mumkin. Ular orasida faqat uchtasi o‘zlarini raqobatdosh asosiy o‘yinchilar deb hisoblashlari mumkin: Mark-Andre Ter Shtegen, Pedri va Ferran Torres.
Xavi boshchiligidagi “Barselona”ning 2021/2022 yilgi tarkibi
Agar asosiy transferlar amalga oshsa, tarkib qanday bo‘lishi mumkin. Xavi deyarli yangi o‘yinchilar to‘plami bilan ishlashga majbur bo‘ladi. Bu o‘zini oqlaydimi?
“Barselona”ning yangi tarkibi bunday bo‘lishi mumkin:
"Barselona" uchun eng maqbul tarkib qanday bo‘ladi, siz nima deb o‘ylaysiz?