Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" futbolchisi A Seriya debyutantiga o‘tishi mumkin

"Roma" futbolchisi A Seriya debyutantiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -1

"Roma"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Gonsalo Vilyar keyingi mavsumni A Seriya debyutanti - "Monsa" tarkibida o‘tkazishi mumkin.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Monsa" rahbarlari o‘tgan mavsumda "Xetafe"da o‘ynagan 24 yoshli ispaniyalik futbolchining ijarasi bo‘yicha Rim jamoasi bilan muzokara olib borishmoqchi. Shuningdek, "Monsa" ijara shartnomasiga futbolchini o‘n million yevroga sotib olish variantini ham kiritishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda Gonsalo Vilyar "Xetafe" bilan Ispaniya chempionatida o‘nta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 09:38, 14.07.2022.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик